Andijon shahridagi yangi qurib titkazilgan “Qilichbozlik majmuasi”da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Dilshod Xamzayev xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ochiq turniri boshlandi.
Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.Egamberdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti F. Turdiyev, O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi vakillari, sport muxlislari, ommaviy axborot vositalari hodimlari va D. Xamzayevning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Shu o‘rinda Dilshod Xamzayev xaqida ikki og‘iz. Yoshligidan qilichbozlik sport turi bilan shug‘ullanib, bir necha bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan D. Xamzayev sportning ushbu turi bo‘yicha “Sport ustasi” unvoniga ega bo‘lgan. Katta sport bilan xayrlashgach, mehnat faoliyatini “Spartak” ko‘ngilli sport jamiyatida yo‘riqchilikdan boshlab, 2003 yilgacha sport sohasida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, 1985 yildan 2003 yilgacha Andijon viloyatidagi Respublika Olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan.
D.Xamzayevning bevosita rahbarligi ostida mamlakatimiz sportchilari orasidan Osiyo, jahon va Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari yetishib chiqqan. Jumladan, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va jahon chempioni Muxammadqodir Abdullayev, jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori O‘tkirbek Haydarov, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Sergey Mixaylov, Bahodir Sultonov, jahon chempioni Ruslan Chagayev (boks), jahon va Osiyo chempionati sovrindorlari I.Xalilov (og‘ir atletika), A.Aksyonova (o‘q otish), X.Raximov (engil atletika) va yuzlab sportchilar shular jumlasidandir.
Dilshod O‘lmasovich O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlari va ko‘p yillik samarali mehnati uchun 1983 yilda “Mamlakat sport a’lochisi”, 1990 yilda “Mamalakat mehnat faxriysi”, 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy” fahriy unvoni, 1996 yilda “Jasorat” medali, 2000 yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, 1997 yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning faxriy yorlig‘i shaxsan XOQ prezidenti Xuan Antonio Samaranch tomonidan D.Xamzayevga topshirilgan.
Uning xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan Respublika ochiq turnirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 76 nafar erkak va 34 nafar ayol sportchilar ishtirok etishmoqda. Musobaqaning birinchi kunida shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Uning yakuniga ko‘ra sovrinli o‘rinlar o‘g‘il bolalar o‘rtasida mezbonlarga, qizlar o‘rtasida esa poytaxt vakillariga nasib etdi.
Shamshir (shpaga) erkaklar
1-o‘rin Abdulbosit Nasriddinov (Andijon)
2-o‘rin Said Djeenbayev (Andijon)
3-o‘rin Javohir Nurmatov (Andijon), Jo‘rabek Jalilov (Toshkent)
Shamshir (shpaga) ayollar
1-o‘rin Veronika Rojkova (Toshkent)
2-o‘rin Malika Xakimova (Toshkent)
3-o‘rin Sevara Suyundiqova (Toshkent), Nigora Sodiqova (Toshkent)
Musobaqa 18 martga qadar davom etadi.
Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi muhim o‘yindagi harakatlari qanday baholandi? [3732]
Endrik «Lion» bilan xayrlashdi [3729]
Xabi Alonso «Real»dagi faoliyatidan afsusda: «Boshqa bunday xatoga yo‘l qo‘ymayman» [2900]
Messining xet-triki bekor qilindi [2482]
Transfermarkt O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilarini ma’lum qildi (top-10) [2298]
U17 Osiyo kubogi. O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi [2285]
Florentino Peres «Real» muammolarining asl ildizi nimada ekanini ma’lum qildi [2093]
«Barselona» rahbari Florentino Peresga keskin javob qaytardi [1930]
La liga. «Alaves» - «Barselona». Flik rotasiyaga qo‘l urdi (tarkib) [1836]













