«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Monako»ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lganini aytdi.
«Biz Mbappeni qo‘lga kiritishga yaqin edik, ammo u «Monako»ni tanladi. U juda zo‘r futbolchi, 18 yoshida hayratlanarli tarzda o‘ynamoqda. U biz bilan shartnoma imzolashi mumkin edi» - dedi Zidan L'Equipe xabarida.