Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Bugun Rio–2016 qahramonlari ringga chiqadi: Uzbek Tigers vs China Dragons

Bugun Rio–2016 qahramonlari ringga chiqadi: Uzbek Tigers vs China Dragons

Baho:
+ | -

Bugun – 18 mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) «C» guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Shanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan janglarda Uzbek Tigers sharafini Qozog‘istonda Astana Arlans’dan yengilgan tarkib himoya qiladi. Ularga China Dragons’ning eng yaxshi bokschilari qarshilik ko‘rsatadi.

Uzbek Tigers — China Dragons

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Yong Chang;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.

Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:41, 18.03.2017.
O'qildi: 15440 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик