Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Real Madrid” BBC uchligisiz yaxshiroqmi?

“Real Madrid” BBC uchligisiz yaxshiroqmi?

Baho:
+ | -

Hozirda barcha “Real Madrid”ning bu mavsumdagi o‘yinlarini yurak yutib tomosha qilayotgan bir paytda ushbu savolni berishning ayni payti. Jamoa BBC uchligisiz yaxshiroqmi?

Garet Beyl, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu. Ushbu uchlik bir necha oylar oldin har qanday raqib himoyasini sarosimaga solardi. Ortiq bu uchlik tajovuzkor emas. Garet Beyl uzoq muddat jarohati tufayli maydondan tashqarida qolganligi, kiritilgan gollar bo‘yicha Benzemadagi samaradorlikning tushib ketishi, Ronalduning esa yaqinda o‘yinidagi pasayish haqida iqror bo‘lishi barchani turli savollar girdobida qoldirdi. Bu faktni tasdiqlayotgan yagona insonlar emasmiz. Madrid OAVsi ham “uch tish” haqida allaqachon tahlillarni boshlab yuborgan. AS gazetasida faoliyat yuritadigan journalist Alfredo Relano o‘z maqolalaridan birida Zidanni bu masalaga to‘xtalib o‘tishning ayni payti ekanligi haqida fikr yuritgan.

Chempionlar Ligasi doirasida “Napoli”ga qarshi nimchorak final javob uchrashuvi oldidan Madrid matbuotining internetdagi sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnomada ham madridliklar muxlislaring ko‘pchiligi asosiy tarkibda BBC uchligini ko‘rishni istamagan. Biroq, Zidan baribir BBCni jangga tashladi va 1-bo‘limda “San Paolo”da qiyinchilikka duch keldi.

Aytish joizki, BBC yetarlicha himoyalanmaydi, ayniqsa Ronaldu. “Napoli”ga qarshi bahsdan oldin La Liga doirasida “Eybar” bilan kuch sinashgan “Real” himoyada ajoyib o‘yin namoyish etdi. Hujumda esa Xames, Lukas va Asensiolar chaqnadi. Bu holat Benzemani ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga yordam berdi.

Marca tarqatgan xabarlarga ko‘ra biroz vaqt muqaddam jamoa sardori Ramos barchani himoyaga yordam berishga chaqirgan. Faqatgina Ronalduni hujumdagi samaradorligi tufayli yugurishi shart emasligini aytib o‘tgandi. “Eybar”ga qarshi bahsdan keyin bu mavzuda qayta to‘xtalgan Serxio Ramos barcha teng ekanligini bildirib o‘tdi : “Barchamiz teng huquqqa egamiz. Bugun ba’zi o‘yinchilarimiz o‘yinga tashna ekanligini namoyish etdi. Bu bizga ilxom bag‘ishlashi kerak.” Bu tashna futbolchilar esa o‘z vaqtini zaxirada kutib o‘tirgan BBC ning o‘rinbosarlari edi.

O‘tgan mavsumda BBC madridliklarning 69 % gollarini o‘z hisoblariga yozdirib qo‘ygandi. Bu mavsumda esa ko‘rsatkich 41 % gacha tushib ketdi. “Eybar”ga qarshi ajoyib o‘yin namoyish etgan yosh Asensio fevral oyida bir daqiqa ham maydonga tusha olmay kelayotgandi. Zidan asosiy tarkib futbolchilariga ishonmoqda va uni rotatsiya qilishga ehtiyoj sezmayapti. Biroq, uning bu harakatlari jamoani beqarorlikka yetaklashi mumkin. Ayniqsa, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan futbolchilar orasida. Shuningdek, Zidan jamoa yulduzlarini mavsumning yakuniy qismidagi muhim o‘yinlarga yuqori sport formasida olib kelishi kerak bo‘ladi.

Maydonda BBC ning yo‘qligi esa jamoaga taktik moslashuvchanlikni taqdim etadi. Asensio, Xames, Isko, Kovachich kabi futbolchilar 4-2-3-1 yoki 4-4-2 o‘yin sxemasida qattiq himoyalanuvchi jamoalarga bosim o‘tkaza olishi va maydonning har bir qarichida yuqori pressing ko‘rsata olish xususiyatini taqdim eta oladi. Chempionlar Ligasida hujumkor jamoalarga qarshi (masalan, “Bavariya”) bunday taktik sxema asqotishi mumkin. BBC ning jamoaga qo‘shgan ulkan hissasini unutmagan holda, Zidan jamoada tenglik xususiyatini ta’minlashi kerak bo‘ladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:06, 19.03.2017.
O'qildi: 15028 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.