Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha “Fazza-2017” xalqaro Gran-Pri turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqada 50ga yakin davlatlardan 400dan ortiq paralimpiya sportchilari kuch sinashmoqdalar.
Ular qatorida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasining 4 nafar sportchisi ham nufuzli musobaqada ishtirok etdi. Ma’lumki paralimpiyachilar o‘rtasidagi musobaqalar turli toifalarga ajratilgan holda tashkil etiladi. Shu boisdan ham Gran-Pri turniri garchand 26 martga qadar davom etsada, hamyurtlarimiz ishtirok etgan toifadagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamosi a’zosi Natalya Semenova yengil atletikaning yadro uloqtirish turi bo‘yicha kumush, nayza uloqtirish turi bo‘yicha oltin medallarni qo‘lga kiritgandi. Yana bir sportchimiz Elbek Sultonov yadro va disk uloqtirish bahslarida bronza medallariga ega bo‘ldi. Demak, mazkur musobaqada xamyurtlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
Mbappe Chempionlar Ligasining uchta o‘yinidan chetlashtirildi [5578]
50 yoshli Ballak 26 yoshli model va tadbirkor qizga unashtirildi (foto) [5243]
«Oltin to‘p» uchun ovoz berish yakunlandi — asosiy da’vogar ma’lum [4340]
Bernardu Silva «Real»ni tark etishi mumkin [4157]
“Barselona” Erling Holandni qo‘lga kiritish yo‘lini topdi — El Nacional [3273]
Mourinyo top-terma jamoani boshqarishdan bosh tortdi [2533]
Jezush Ronaldu bilan kelishuvni buzgani aytilmoqda [2122]
«Real»da jarohatlangan futbolchilar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar ochiqlandi [2011]
Kamavinga: «Kurtua yo‘qligidan juda xursandman» [1953]
O‘rtoqlik uchrashuvi. Urugvay safarda Koreyani tor-mor qildi [1798]













