Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Dinamo» O‘zbekiston kubogida Zomindan g‘alaba bilan qaytdi

«Dinamo» O‘zbekiston kubogida Zomindan g‘alaba bilan qaytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi doirasida Zominda mahalliy «Zomin» klubi mehmoni bo‘lgan «Dinamo» jamoasi safardan irodali g‘alaba bilan qaytdi.

Joriy mavsumda Birinchi Ligada jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotgan Jizzax viloyatining «Zomin» klubi futbolchilari mavsumdagi dastlabki o‘yinning ilk daqiqalaridan hujumkorlikni oshirib, 6-daqiqadayoq hisobni ochishdi, 1:0.

Ushbu tezkor gol mahalliy muxlislari qarshisida to‘p surayotgan zominlik futbolchilarni yana oldinga boshlashi kutilgandi, ammo aksincha bo‘lib chiqdi.

Hujumkorlikni oshirgan «Dinamo» futbolchilari oradan 10 daqiqa o‘tib, 16-daqiqada Sardor Sulaymonovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi, 1:1.

Hisob tenglashgach, vakillarimiz yana hujumga o‘tishdi. 22-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to‘pni hujumga yetib kelgan markaziy himoyachi Bunyod Isroilov bosh bilan raqib darvozasiga joylab, Samarqanddan tashrif buyurgan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi, 1:2.

O‘yinning qolgan qismida ham har ikki tomon ham muxlislarga shiddatli o‘yin taqdim etishgan bo‘lishsada, kichik hisobdagi ustunlik saqlanib qolindi va bu natija «Dinamo»ga nimchorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.

O‘zbekiston Kubogi. 1/16 final.

«ZOMIN» - «DINAMO» - 1:2

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), M. Turdiyev (Jizzax)

Gollar: ? 6 – Sardor Sulaymonov 16, Bunyod Isroilov, 22.

«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Shoxruh Xolmatov, Jasur Azimov, Akmal Bozorov, Radu Rogak, Orif Mamajonov (Amirjon Safarov, 66), Iskandar Xolmirzayev (Omadjon Tayloqov, 80), Komil Sharofutdinov, Sardor Sulaymonov (Abdumalik Abdullayev, 55).

Nazoratchi: B. Tog‘ayev (Toshkent).

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» jamoasi navbatdagi uchrashuvni 31 mart kuni 4-tur doirasida Samarqandda Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:29, 24.03.2017.
O'qildi: 8312 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик