Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Bugun Yevropa yashil maydonlarida qaysi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi?

Bugun Yevropa yashil maydonlarida qaysi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi?

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa yashil maydonlarida JCH-2018 saralash o‘yinlarining 5-turi davom etadi. Mazkur tur kecha boshlanib «D» «G» hamda «I» guruhlarida o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Bugun esa, «A» «V» va «N» guruhda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Quyida mazkur guruhlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

«A» GURUHI

Ko‘rib turganizdek bu guruhda Fransiya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. O‘tkazilgan uch o‘yinda fransiyaliklar 3ta g‘alabaga erishib bir marta durang o‘ynagan. Bugun Fransiya safarda guruh autsayderi Lyusemburgga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Lyuksemburg hisobida faqatgina bitta ochko bor.

Ikkinchi o‘rinda borayotgan Gollandiya Bolgariya maydoniga safar uyushtiradi. Mazkur bahs qiziqarli o‘tishini taxmin qilish mumkin. Chunki Bolgariya agar g‘alabaga erishsa 4-o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin. Shvesiya – Belarus o‘yinida ham jamoalar faqat g‘alaba uchun maydonga chiqishi tabiiy. Chunki Belarus agar yana ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, guruhda qolib ketish ehtimoli yanada oshadi. Shvesiya ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketishi ham mumkin.

25 MART

22:00 SHVESIYA – BELARUS

00:45 BOLGARIYA – GOLLANDIYA

00:45 LYUKSEMBURG – FRANSIYA

------------------------------------------------------------ 

«V» GURUHI

Bu guruhda Andorrani inobatga olmaganda, deyarli barcha jamoalarning imkoniyati bor.

Hozircha Shveysariya mazkur guruhda yo‘qotishlarsiz kelmoqda. Portugaliya terma jamoasi esa bitta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Bugun Portugaliya Vengriyaga qarshi o‘ynasa, Shveysariya o‘z maydonida Latviyani qabul qiladi. Guruhdagi uchinchi bahs Andorra hamda Farer orollari terma jamoasi o‘rtasida kechadi.

25 MART

22:00 ANDORRA – FARER OROLLARI

22:00 SHVEYSARIYA – LATVIYA

00:45 PORTUGALIYA – VENGRIYA

------------------------------------------------------------ 

«N» GURUHI

Bugungi o‘yinlar ichida markaziy maqomidagi bahs aynan shu guruhda bo‘lib o‘tadi. Chunki guruh yetakchilari Belgiya hamda Gresiya o‘zaro bahsda maydonga tushishadi.

Mazkur turgacha Belgiya umuman yo‘qotishlarsiz kelgan. Gresiya esa bitta bahsda durangga o‘ynagan va shuning hisobiga ochkolar soni 2taga kam. Lekin bugun bir ochkoga o‘zib ketishi ham mumkin.

Bosniya va Gersegovina o‘z maydonida umuman autsayder hisoblanadigan Gibraltarni qabul qilsa, uchunchi bahs bir xil – uchtadan ochko to‘plagan Kipr hamda Estoniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur guruhda Gibraltar terma jamoasi umuman ochko ishlamagan.

25 MART

22:00 KIPR – ESTONIYA

22:00 BOSNIYA GERSEGOVINA – GIBRALTAR

00:45 BELGIYA – GRESIYA

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:03, 25.03.2017.
O'qildi: 10830 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.