Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Navbahor» «Xorazm»ni yirik hisobda mag‘lub etib, kubok bahslarida keyingi bosqichga chiqdi

«Navbahor» «Xorazm»ni yirik hisobda mag‘lub etib, kubok bahslarida keyingi bosqichga chiqdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston kubogi 1/16 final bosqichi doirasida "Navbahor" Urgachning "Xorazm" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Musobaqaning ushbu bosqichida Birinchi liga klublari Oliy liga klublarini o‘z uylarida qabul qilishlari kerak. Ammo PFL qaroriga ko‘ra o‘yin Namanganga ko‘chirildi. Shu bois nominal mezbon sifatida "Xorazm" qayd etildi.

Birinchi bo‘lim "navbahorchilar"ning kichik ustunligida o‘tdi. Birinchi daqiqaning o‘zidayoq Ro‘zimboy Ahmedov o‘yinda hisobni ochishi mumkin edi. Ammo hujumchimizning boshi bilan yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqqani bois raqib darvozaboni to‘pni ushlab oldi. birozdan so‘ng xuddi shunday vaziyat Jahongir Mehmonov bilan sodir bo‘ldi. 5 va 11- daqiqalarda raqib futbolchisi Kamronbek Abdulhamidov kuchli zarbasi bilan muxlislarni xavotirlantirdi. Ammo har ikki zarbani Akmal Ortiqov qaytarishni uddaladi. 33- daqiqagacha ikkala jamoa vakillarida gol urish uchun bir nechta qulay imkoniyat bo‘ldi. Ayniqsa 28- daqiqada Ro‘zimboy Ahmedov "Xorazm" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqqanini ta’kidlash zarur, biroq O‘dayev hujumchimizning urunishini yo‘qqa chiqqardi. 33- daqiqaga kelib "lochinlar" hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Qilichevning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegdi, maydonga qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan A’zam Aliyev boshi bilan gol urdi, 0:1. Tanaffusga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘lim ham "Navbahor"ning ustunligida o‘tdi. Bu hol hisobda o‘z aksini topdi. Futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Shunday bo‘lsada, muxlislarimiz ikkinchi golga 67-daqiqada guvoh bo‘lishdi. Aybek Nurboyev o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun Ergashev “Xorazm” darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Ro‘zimboy Ahmedov aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Uchrashuvning so‘nggi o‘n daqiqaligida urganchliklar darvozasi yana uch bor nishonga olindi. Avvaliga Oybek Qilichevning burchakdan oshirib bergan to‘pini G‘iyos Komilov boshi bilan O‘dayev darvozasiga joylab qo‘ydi. 85-daqiqada Azizbek Turg‘unboyevning to‘p oshirishidan keyin raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Ravshan Xursanov o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Keyingi hujumda Ro‘zimboy Ahmedov O‘dayevdan qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, yakuniy hisobni 5:0 ko‘rinish olishini ta’minladi.
Mamlakat kubogining 1/8 finaliga yo‘l olgan “Navbahor” Farg‘onaning “Neftchi” klubi bilan chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Raqiblar chorak final ishtirokchisi nomiga uyda va mehmonda o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra oydinlik kiritishadi.

O‘zbekiston kubogi, 1/16 final
“Xorazm” - “Navbahor” - 0:5 (0:1)
Gollar: A. Aliyev (33), R. Ahmedov (67-pen.,87), G‘. Komilov (82), R. Xursanov (85)
25 mart. Namangan. "Markaziy" o‘yingoh. 1205 tomoshabin.
Hakamlar: A. Ergashev – 8,0, SH. Fayziyev – 8,4, S. Ulfatov – 8,2, E. Tursunov - 8.
Nazoratchi - O. Rubakov.
«Xorazm»: 35. G‘ayrat O‘dayev, 2. Yerbol Seytnazarov (11. Nurlibek Talasbayev, 63), 4. Aybek Nurbayev, 5. Sardorbek Matmuratov, 7. Temurbek Ismailov (6. Hamro Qodirov, 89), 8. Abdumalik Toshquvatov (8. Abdumalik Toshquvatov, 68), 9. Javlonbek Primbetov, 10. Temur Bekchanov, 12. Jasurbek Atajanov, 13. Kamronbek Abdulhamidov, 15. Zohid Raupov.
«Navbahor”: 1. Akmal Ortiqov, 5. G‘iyosjon Komilov, 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov, 10. Mansur Saidov (8. Ravshanbek Xursanov, 56), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 32. Jahongir Mehmonov, 33. Tohir Shamshitdinov (77. Azizbek Turg‘unboyev, 53), 44. Darko Stanoyevich (20. Alisher Mirzayev, 65).
Ogohlantirish: R. Ahmedov (55).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:13, 25.03.2017.
O'qildi: 8181 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.