Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida ishtirok etish uchun KXDRga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida ishtirok etish uchun KXDRga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da KXDRga uchib ketdi.

KXDRga yo‘l olishdan avval O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Terma jamoalar markazi rahbariyati bilan uchrashdi.

Sherali Boboqulov bosh murabbiyligidagi jamoa Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.

Quyida saralash bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati keltirilgan.

Darvozabonlar: Laylo Tilolova, Maftuna Jonimqulova, Gulandon Boymatova;

Himoyachilar: Xolida Dadaboyeva, Kamola Risqiyeva, Maftuna Shoyimova, Dilrabo Asadova, Nozima Kamoltoyeva;

Yarim himoyachilar: Irodaxon Turdaliyeva, Zumratxon Nazarova, Umida Zoirova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova, Saida Galimova, Maxfuza Turopova, Feruza Turdiboyeva, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova;

Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik, Lianna Narbekova, Maxliyo Sarikova, Rushaniya Safina.

“B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasining o‘yin taqvimi quyidagicha:

3 aprel. Gonkong – O‘zbekiston

7 aprel. O‘zbekiston – Hindiston

9 aprel. O‘zbekiston – KXDR

11 aprel. Janubiy Koreya – O‘zbekiston

Reglamentga ko‘ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo‘llanma oladi. O‘z guruhida g‘alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko‘ra eng yuqori reytingga ega bo‘lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo‘shiladi.

Shu tariqa, 2018 yilning 7–22 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichida jami 8 terma jamoa ishtirok etadi. Final bosqichida eng yaxshi natijani qayd etigan besh terma jamoa Fransiyada iyun/iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi JCH–2019 musobaqasiga yo‘llanma oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o‘rinda (1548 ochko) bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:18, 30.03.2017.
O'qildi: 8763 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.