Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

Oliy liga. “Dinamo” 4-turda to‘xtatildi

Oliy liga. “Dinamo” 4-turda to‘xtatildi

Baho:
+ | -

«Navbahor» Oliy liga 4-tur o‘yinlari doirasida Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o‘ynadi.

Uchta turda 100 foizli natijani namoyish etib, musobaqa jadvalida karvonboshilik qilib kelayotgan samarqandliklarni “Navbahor” taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim “lochinlar” ustunligida o‘tdi deyish mumkin. Chunki qanotlardan tashkil etilgan hujumlar va darvozaga yo‘llangan zarbalar bo‘yicha Mo‘minjonov shogirdlari raqibdan ustun kelishdi. 15- daqiqaga kelib Oybek Qilichev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Markazga yaqin joyda to‘pni qabul qilib olgan Qilichev darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va Naumovni dog‘da qoldirdi.

Goldan so‘ng “Dinamo” vaziyatni o‘nglash maqsadida bir nechta xavfli hujumlarni tashkil qildi, ammo himoyachilar bexato harakat qilishdi va gol o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yishmadi. Bo‘lim oxirigacha ushbu hisob saqlanib qoldi.

Bellashuvning ikkinchi yarmi esa teng kurashlarda o‘tdi. “Navbahorchilar” asosan qarshi hujumni poylab, raqib darvozasi oldida xavf yaratishdi. “Dinamo” ham o‘z maydonida ochko yo‘qotmaslik maqsadida ko‘p hujumlar tashkil qildi, ammo raqibning zarbalari noaniq chiqaverdi.
Uchrashuv oxirida mehmonlar ikkinchi golni ham urishga yaqin kelishgandi. Qarshi hujumda Dilshod Jabborov darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo Naumov mahorat ko‘rsatdi. Qolgan daqiqalarda 0:1 hisobini o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa “Navbahor” mavsumda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelgan “Dinamo”ni safarda taslim etdi.

Oliy liga, 4-tur
“Dinamo” – “Navbahor” 0:1 (0:1). 31 mart. Samarqand. “Dinamo” o‘yingohi.
Gol: O. Qilichev (15).
Hakamlar: V. Seytlin, A. Kalinin, B. Qosimov, F. Norsafarov.
Nazoratchi – SH. Jumayev.
“Dinamo”: 1. Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokayev, 3. Bunyod Isroilov, 8. Jasur Azimov, 9. Sardor Sulaymonov (20. Amirjon Safarov, 64), 10. Javohir Qahrmonov, 14. Radu Rogak, 15. Shoxruh Xolmatov (11. Abdumalik Abdullayev, 50), 18. Damir Nizanov (6. Akmal Bozorov, 83), 19. Orif Mamajanov, 22. Abdujamol Isroilov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 2. Alisher Samatov (20. Alisher Mirzayev, 67), 4. Abbos Otaxonov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev (40. Darko Stanoyevich, 75), 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev (22. Ro‘zimboy Ahmedov, 52), 32. Jahongir Mehmonov, 77. Azizbek Turg‘unboyev, 84. Nemanya Yovanovich.
Ogohlantirish: SH. Xolmatov (40), J. Qahramonov (90) - G‘. Komilov (24), M. G‘ofurov (40), J. Mehmonov (54), N. Yovanovich (81).
Chetlatish: O. Qilichev (76).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:00, 31.03.2017.
O'qildi: 8105 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.