Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Andrey Fyodorov: “Kurashishda davom etamiz”

Andrey Fyodorov: “Kurashishda davom etamiz”

Baho:
+ | -

"Neftchi” – “Qo‘qon-1912” (1:2) bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.

Murabbiy o‘yin haqida quyidagicha fikr bildirdi.

“Bugungi natija o‘yinga mos bo‘ldi. Qo‘qon jamoasiga qarshi o‘yinimiz bilan durang natijaga loyiq edik, g‘alabaga emas. “Qo‘qon-1912” futbolchilari jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Mag‘lubiyatga asosiy sabab sifatida aytishim mumkunki, bugun shogirdlarimda sportga xos hissiyot yetishmadi. Yigitlarning jismoniy holati joyida. Gap ularning o‘yinga bo‘lgan munosabatidadir. 2 haftada 3 ta derbida ishtirok etdik. Mazkur o‘yinlardan so‘ng asosiy tarkibdagi yigitlarning ayrimlari bugungi bahsga to‘liq tayyor emasligi ko‘rindi. Gol urganimizdan so‘ng taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik va o‘yinimizda jonlanish yuzaga keldi. Biroq keyinchalik yigitlar mana tempni ushlab qola olishmadi.

- Andrey Vitalyevich, “Neftchi”da tartib-intizom borasida kamchiliklar ko‘zga tashlanyapti. Andijonda Muzaffarov chetlatilgan bo‘lsa bugun Dilyor Irmatovda xuddi shunday vaziyat kuzatildi...

- Intizom masalasida doim yigitlar bilan ishlayman. Muzaffarov federasiya va klub tomonidan keskin jazolandi. Dilyorga kelsak uning o‘yin uslubi mana shunday keskin shakllangan. Irmatov xech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartochka oladigan vaziyatlarni yuzaga keltirmaydi. Ilk sariq kartochkasi ham raqib bilan biroz tortishgani uchun oldi xolos. To‘g‘ri u qiziqon futbolchilar sirasiga kiradi.

- “Neftchi” doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoa hisoblanadi. Biroq 4-turdan keyin jamoaning bisotidagi ochkolari atiga 2 tani tashkil etadi xolos. Keyingi turda esa qiyin o‘yin kutyapti.

- Endi 4 ta o‘yinda ishtirok etdik. Ochkolarni kuzda sanaymiz. Keyingi turni Buxoroda o‘tkazamiz. Hozirdan navbatdagi bellashuv haqida o‘ylashni boshlayman. Mening vazifam jamoani o‘yinga qo‘ldan kelgancha tayyorlash. Murabbiy uchrashuvda jamoasidan ko‘p narsa kutadi. Lekin yashil maydondagi voqealar davomiyligi undagi ishtirokchilarga bog‘liq. Maydonda murabbiy futbol o‘ynamaydi. Mavsum avvalida muxlislarga yuqori natijalarni qayd etishga va’da qilganmiz va shu maqsad sari doim olg‘a boramiz" - dedi Fyodorov

 

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 19:37, 31.03.2017.
O'qildi: 7710 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.