"Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya chespionatining 29-turida "Granada"ga qarshi uchrashuvda gol urdi.
Bu uning kataloniyaliklar safidagi 100-goli edi. Buning uchun unga 177 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Neymar "ko‘k-anorranglilar" safida 100 ta gol urgan 3-braziliyalik o‘yinchi bo‘ldi. Undan avval Rivaldo (130 ta gol) va Evaristo (105 ta gol) bu marrani bosib o‘tganlar.