Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Olmaliq» Yoshlar ligasida «Nasaf»dan ustun keldi

«Olmaliq» Yoshlar ligasida «Nasaf»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasi 5-tur doirasida «Olmaliq» - «Nasaf» o‘yini o‘tkazildi.

Uchrashuv maydon egalarining kichik ustunligida boshlandi. “Olmaliq” yoshlarining dastlabki tashkil etgan hujumlari oxiriga yetkazilmasdan himoyachilar tomonidan bartaraf etilaverdi. Vaqt o‘tgan sayin mehmonlar ham faollashdi va ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Ammo hech kimga darvozani ishg‘ol etish nasib etmadi.

Uchrashuvning 22-daqiqasiga kelib mezbonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi. “Olmaliq” jamoasi yoshlarining golini Shaxboz Umarov urdi – 1:0.
Ushbu goldan keyin mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlanishdi. Gol urish uchun imkoniyatlar ham yaratishdi. Ammo birinchi bo‘lim shu hisobda nihoyasiga yetdi.
Ikkinchi bo‘lim boshidan murabbiylar birdan ikkita o‘zgarishni amalga oshirishdi. Maydonda harakat qilgan Sharof Muhitdinov va Xudoyorxon Sagdullayev o‘rniga Islom Kenjaboyev va Doniyorjon Narzullayev maydonga tushishdi.
Bu o‘zgarishlar «Nasaf» o‘yinini sezilarli kuchaytirdi. Ikkinchi bo‘lim boshidan tashabbusni o‘z qo‘llariga olgan mehmonlar raqib himoyachilari va darvozabonini ancha sarosimaga solib qo‘yishdi. Ularning uyushtirgan hujumlari ancha xavfli ko‘rinish ola boshladi.

O‘yinning 56-daqiqasiga kelib, tezkor tashkil etilgan hujum golga aylandi. Dilshod Xushbakovning oshirib bergan to‘pini dastlab Doniyor Narzullayev darvozaga tepdi, darvozabon qaytargan to‘pni esa Kenjaboyev darvozaga aniq yo‘llab, golga aylantirdi – 1:1

Hisob tenglashgach o‘yin keskin tus oldi. Har ikkala jamoa bor e’tiborini hujumlarga qaratdi. Maydonda teng va shiddatli kurash davom etdi. Uchrashuv asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda “Olmaliq” jamoasi yoshlari yana hisobda oldinga o‘tib olishdi. Bu vaziyatda raqib hujumchilari darvozabonni xatoga qilishga majbur etishdi va ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Farxod Imomov bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi.

Yoshlar ligasi, 5-tur
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Nasaf” (Qarshi) 2:1 (1:0)
Gollar: Shaxboz Umarov, 22’-1:0, Farxod Imamov, 85’-2:1 – Islom Kenjaboyev, 56’-1:1.

06.04.2017. “Metallurg” stadioni. 15:30da
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev (Toshkent), Xusan Xudoyberdiyev (Tosh.vil.), Xusniddin Uralov (Tosh.vil.), Karamatullo Xasanov (Tosh.vil.)
Nazoratchi: Ibragim Sharipov (Buxoro)
O‘zPFL vakili: Bobir Haydarov.
“Olmaliq”: 1.Abror Karimov (s), 2.Farruh Sodiqov (5.SHaxzodbek Aliqulov 88), 7.Dadaxon Yusupov 21.Maqsad Seyilbekov 90+2), 8.Murod Rajabov, 9.Avazjon Rahmatullayev (13.Farxod Imomov 63), 10.Doniyor Nabiyev (4.Abbos Tulqinov 90+3), 11.SHaxboz Umarov (14.Dostojon Rashidov 79), 17.Mirjalol Miryusupov, 18.Jasurbek Umarov, 19.Quvondiq Mo‘minov, 20.Azamat Jumaboyev.
Zaxira: 16.Aleksandr Menshov, 15.Azimjon Omonjonov.
“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 32.G‘olib G‘aybullayev (13.Muhriddin Zoirov 84), 4.Jo‘rabek Mannonov, 28.Sardor Sadullayev, 19.SHerzod Nasrullayev, 7.Sirojiddin Qo‘ziyev (s) (10.Jahongir Qurbonboyev 78), 29.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhitdinov (22.Islom Kenjabayev 46), 27.Dilshod Saitov (16.Alfayzi Ne’matov 90+1), 33.Xudoyorxon Sagdullayev (38.Doniyorjon Narzullayev 46), 9.Dilshod Xushbakov.
Zaxira: 44.Muzaffar Sharipov, 34.Navro‘zjon Saidov.
Ogohlantirish: Dadaxon Yusupov 90 - Dilshod Xushbakov 90+3.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:04, 06.04.2017.
O'qildi: 5084 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик