Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Sport» kanali Oliy liga o‘yinlarini kengroq translyasiya qilishga kirishmoqda

«Sport» kanali Oliy liga o‘yinlarini kengroq translyasiya qilishga kirishmoqda

Baho:
+ | -

O‘zMTRKning "Sport" telekanali Oliy liga o‘yinlarini imkon qadar kengroq translyasiya qilishga bel bog‘ladi.

Jumladan, 5-tur doirasida bugun Toshkentda o‘tadigan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (17:00) jonli translyasiya qilinadi.

Shuningdek, tur doirasida viloyatlarda bo‘ladigan o‘yinlarni sharhlash uchun jurnalistlar xizmat safariga yuborilmoqda: Eldor Mustafoyev — "Olmaliq" - "Nasaf", Farrux Rasulov — "Qo‘qon-1912" - "Dinamo", Murod Rizayev — "So‘g‘diyona" - "Obod". Bu o‘yinlar yozib olingan holda muxlislar e’tiboriga havola qilinadi.

Telekanal keyingi turlarda viloyatlardagi uchrashuvlardan ham jonli translyasiyalar uyushtirishni rejalashtirganini ta’kidlab o‘tish lozim.

Kecha bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" o‘yini ham jonli translyasiya qilinganini inobatga olsa, 5-turdagi beshta o‘yin efirga uzatiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:46, 07.04.2017.
O'qildi: 12158 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик