Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Meksikalik darvozabon «qovun tushirdi» (video)

Meksikalik darvozabon «qovun tushirdi» (video)

Baho:
+ | -

Meksikaning «Puebla» klubi darvozaboni Kristian Kampestrini milliy chempionat doirasida «Gvadalaxara» klubiga qarshi o‘yinda o‘ta kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotganida tablo 2:2 hisobini ko‘rsatib turgandi. O‘yinga qo‘shib berilgan 4 daqiqaning uchinchisi o‘tib borayotganida mezbonlar olis masofadan zarba berishdi va uni «Puebla» darvozaboni egallab oldi. Posbon to‘pni qo‘lida ushlagan holda tepib yubormoqchi bo‘ldiyu, keyin esa to‘pni yerga tashlab tepishga qaror qildi. Kampestrini ortida mezbon futbolchisi borligini unutib qo‘ydi. «Gvadalaxara» futbolchisi bunday sovg‘adan smarali foydalandi: darhol to‘pni egallab, darvozabonni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi.

«Gvadalaxara» ushbu g‘alabadan keyin Meksika chempionatida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Puebla» so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 10:21, 10.04.2017.
O'qildi: 7716 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик