Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Og‘ir atletikachilirimiz o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyalarini qo‘lga kiritishdi

Og‘ir atletikachilirimiz o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyalarini qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

4-10 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 94 kg vazn toifasida chiqish qilgan Saidmuhtor Saidaxrorov va Aleksandr Li mos ravishda kushush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Aleksandr Li dast ko‘tarishda 138, siltab ko‘tarishda 173 kg og‘irlikni bo‘ysindirib yakunda 311 kg natijasi bilan uchta bronza medaliga ega bo‘ldi. Saidmuhtor esa dast ko‘tarishda 130 kg tosh ko‘tarib 8-natijani qayd etdi, ammo siltab ko‘tarishda 175 kg og‘irglikni zabt etib kumush medal sohibiga aylandi.

Uning umumiy natijasi 305 kg.ni tashkil etdi va u ushbu ko‘rsatkich evaziga 4-o‘rinni egalladi. Demak guvohi bo‘lganingizdek, ushbu vazn toifasida siltab ko‘tarish bo‘yicha kumush va bronza medallari yurtimiz sportchilariga nasib etdi. Eng muhimi har ikkala sportchimiz birgalikda terma jamoamiz uchun muhim 48 ochkoni taqdim etishdi.

Bundan avvalroq qizlarimizdan Kumushxon Fayzullayeva bronza, Gulnoza Ahmadova esa kumush medaliga loyiq ko‘rilishgandi. Natijada umumjamoa hisobida qizlar terma jamoamiz jahon chempionatini Xitoy va Qozog‘iston terma jamoalaridan so‘ng kuchli uchlikda yakunlab o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining 2 ta lisenziyasiga ega bo‘lishdi. Darvoqe, qizlarimizning muvvafaqiyatli ishtirokida Dolera Davronovaning ham salmoqli ulushi bor. Kecha, jahon chempionatining so‘nggi kunida chiqish qilgan Dolera +75 kg vazn toifasida yettinchi o‘rinni egallagan bo‘lsada, terma jamoamiz uchun qimmatli 19 ochkoni taqdim etdi.

O‘smirlarimiz esa faqatgina bitta lisenziya bilan cheklanishdi, boisi kuchli yettilikka kirish uchun ularga birgina ochko kamlik qildi. Reglamentga ko‘ra faqatgina 1-7 o‘rinlarni egallagan terma jamoalarga o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga 2 ta lisenziya berilishi, 8-17 o‘rin sohiblariga esa bittadan lisenziya ajratilishi belgilab qo‘yilgandi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida dastlabki yetti o‘rinni Xitoy, Qozog‘iston, Eron, Turkiya, AQSH, Rossiya va Tailand terma jamoalari band etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida sakkizinchi bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, maksimal 4 ta lisenziya berilishi lozim bo‘lgan musobaqada og‘ir atletikachilarimiz tomonidan 3 ta yo‘llanmaning qo‘lga kiritilishi maqtovga sazovordir. Endi hamyurtlarimiz bor e’tiborlarini kelasi yili Argentina mezbonlik qiladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rishga qaratishadi. 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:59, 11.04.2017.
O'qildi: 5589 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.