«Jenoa» himoyachisi Armando Isso kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 18 oyga futboldan chetlatildi.
Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
2013/14 mavsumda «Avellino» tarkibida B seriyada o‘ynagan Armando Isso kerakli natijalarni ta’minlash uchun kelishilgan o‘yinni tashkil qilgan. Xususan, «Modena» – «Avellino» (1:0) va «Avellino» – «Rejina» (3:0) o‘yinlarining halol kurashda o‘tmagani tasdiqlangan.
Ayblovchi tomon futbolchini 6 yilga chetlatishni, bundan tashqari klub prezidenti Valter Takkoneni ham jazolanishini talab qilgan. Ammo sud Issoga 1,5 yillik jazoni tayinlab, Takkoneni oqlagan.
25 yoshli futbolchining himoyachisi o‘z mijozini aybsiz ekanini aytgan bo‘lsa-da, sud hukmining ustidan shikoyat qilishi yoki qilmasligi hozircha noma’lum.