Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Chempionlar Ligasi chorakfinali ramziy terma jamoasi

Chempionlar Ligasi chorakfinali ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

Goal nashri Chempionlar Ligasi chorak finalining eng yomon o‘ynaganlari ramziy terma jamoasini tuzib chiqqan endi. Endi navbat yakuniga yetgan chorak final dastlabki bahslarining eng yaxshilari ramziy terma jamoasiga.

Ramziy terma jamoa darvozasiga italiyalik “qariya” posbon Janluiji Buffon munosib ko‘rildi. “Barsa”ga qarshi uchrashuvda jamoasining yirik hisobda g‘alaba qilishiga aynan Buffonning xizmatlari katta bo‘ldi. Aynan u Inesta, Suareslarning xavfli zarbalari golga aylanishiga to‘sqinlik qildi.

Himoya markazini kataloniyaliklarga qarshi bahsda yuqori saviyadagi o‘yinlarini o‘tkazgan Kyellini va Bonuchchi egallashgan. Kyellini hatto bitta golga mualliflik ham qildi. Ularga qanotlarda «Real» himoyachisi Dani Karvaxal o‘ng qanotda, “Lester” a’zosi Benaluan chap qanotda sheriklik qiladi.

Yarimhimoya uchligi Arturo Vidal (“Bavariya”), Shinji Kagava (“Borussiya”) va Paulo Dibala (“Yuventus”)lardan iborat. Vidal jamoasi mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay butun o‘yin mobaynida astoydil harakat qildi. Bitta gol urib, bir penaltini ko‘kka sovurdi. Agarda penaltini ura olganida o‘yin balki butunlay boshqacha tus olarmidi… Yaponiyalik futbolchi ham jamoasining kichik farq bilan yutqazishiga yordam berdi. Har holda ikki to‘p farqi bilan yutqazayotgan dortmundliklarka Kagavaning goli o‘yinning yakuniy qismida hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishlariga umid uyg‘otdi. Dibala esa kataloniyaliklarga qarshi o‘zining maksimum darajadagi o‘yinini o‘tkazdi. Uning dubli jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi va javob uchrashuvidan oldin turinliklarga katta ustunlik taqdim etdi.

Hujum chizig‘ida jamoalarining g‘alabalariga hissa qo‘shgan Mbappe (“Monako”), Ronaldu (“Real”) va Grizmann (“Atletiko”) o‘rin olgan. “Monako”ning yosh iqtidor egasi Mbappe “Borussiya”ga qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi va bu bilan Chempionlar Ligasi play-off bahslarida dublga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. “Tulkilar” himoyasining qattiq qarshiligiga duch kelgan Antuan Grizmann baribir o‘z so‘zini aytdi. Uning penaltidan kiritgan goli jamoasiga kichik ustunlikni taqdim etdi. So‘nggi paytda tanqidchilarning nishoniga aylangan Ronaldu o‘zining dubli bilan ramziy terma jamoadan joy oldi. So‘nggi marta qariyb bir oy oldin (La Liga doirasida “Betis”ga qarshi bahs) gol urgan Ronalduni hisobdan chiqarish ma’qul emas. Uning safarda kiritgan dubli hisobda ortda qolayotgan jamoasiga g‘alaba keltirdi. “Bavariya”ga qarshi javob uchrashuvini o‘z uyida o‘tkazadigan “Real” katta ustunlikka erishib oldi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:26, 13.04.2017.
O'qildi: 10818 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.