Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Oliy liga. “Neftchi” – “Bunyodkor” (prevyu)

Oliy liga. “Neftchi” – “Bunyodkor” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 6-turida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Quyida mazkur raqiblarning o‘zaro bahslarga doir statistik ma’lumotlarini taqdim etamiz.

“Bunyodkor” va “Neftchi” oliy ligada 20 marta o‘zaro o‘ynashgan. Natijalar “qaldirg‘ochlar”ning katta ustunligini ko‘rsatmoqda. “Bunyodkor” Farg‘ona klubini 12 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa faqat 4 marta “qaldirg‘ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 4ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida – 29:11. O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 40, “Neftchi” 17 ochkoga ega bo‘lgan.

“Bunyodkor”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning eng yirik g‘alabasi – 2:0
O‘tgan yili Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi raqobatda Andrey Fyodorov shogirdlari mazkur raqibni 2:1 natijasiga ko‘ra taslim qilgan. Maydon egalari safidan Mansur Saidov va Otabek Isroilov gol urgan bo‘lsa, Eldor Shomurodov bu to‘plarga javob qaytargan.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv: 
03.08.2015 «Neftchi» – «Bunyodkor» 2:1

20.09.2015 «Neftchi» – «Bunyodkor» 2:0
25.10.2014 «Neftchi» – «Bunyodkor» 0:0
31.05.2013 «Neftchi» – «Bunyodkor» 0:1
21.06.2012 «Neftchi» – «Bunyodkor» 1:2
01.04.2011 «Neftchi» – «Bunyodkor» 0:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Neftchi” o‘z uyida bu raqibni uch marta (2008, 2015 va 2016 yil) mag‘lub etgan. Ikki marta Farg‘onadagi bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 5ta o‘yinda “qaldirg‘ochlar” safarda g‘alabaga erishgan. Oxirgi 3 uchrashuvda “Bunyodkor” safarda g‘alaba qozona olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona hamda Toshkent jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 16 aprel kuni soat 17:00da start oladi. O‘yinga Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadioni mezbonlik qiladi.

Yoshlar ligasi doirasidagi “Neftchi” – ” Bunyodkor” bellashuvi esa 15 aprel kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 12:32, 14.04.2017.
O'qildi: 4556 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик