Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Italiya klubini tarqalib ketishdan saqlab qolgan Essyen xonim aslida kim?

Italiya klubini tarqalib ketishdan saqlab qolgan Essyen xonim aslida kim?

Baho:
+ | -

AFRIKA FUTBOLI YULDUZLARIDAN BIRI MAYKL ESSYENNING XOTINI ITALIYA KLUBINI TARQALIB KETISHDAN SAQLAB QOLDI. 

Ha, Akosua Puni Essyen xonim «Komo» jamoasini 237 ming yevroga sotib olib, unga najot bag‘ishladi. Italiya uchinchi divizioni ishtirokchisi endi «V» seriyasiga qaytish harakatini boshlasa, ajabmas.

Bu qanday klub?

Bir qarashda, «Komo» hech nimasi bilan e’tiborni tortmaydi. To‘g‘ri, bu klub safida o‘ynagan mashhur futbolchilar qatorida Karlo Kudichini, Tomazzo Rokki, Janluka Zambrotta kabi tan olingan ijrochilar bor. Aytgancha, ulardan oxirgisi ayni payt jamoaning faxriy prezidenti sanaladi. Ammo Zambrottaning asosiy ish joyi Hindistonda ekanligini ham aytish joiz - u «Dehli Dinamos» klubiga ustozlik qilmoqda. «Komo»ga kelsak, u uzoq 1907 yili tuzilgan va bir asrdan ko‘p tarixida «A» seriyasida 13 mavsum ishtirok etgan. «Komo» elit divizionda oxirgi marta 2002|2003 yillar mavsumida ko‘rinish bergandi. O‘sha vaqt Fabio Kapello hali «Roma»ni boshqarar, «Yuventus» esa 27-marta skudetto sohibiga aylangan va keyinchalik Chempionlar Ligasi finalida «Milan»ga imkoniyatni boy bergandi. «Larianilar» (klub laqabi) esa chempionat yakuniga ko‘ra, 17-o‘rinni band etib, quyi divizionga «qulagandilar.

Ligalararo pastlashish keyinchalik ham davomiylik olib, «Komo» 2004 yili «S2» seriyasiga tushib ketdi. Ayni o‘sha yilning dekabr oyida esa klubda bankrot holati qayd etildi. Bunda sobiq prezident Enriko Presiozining harakatlari asosiy omil bo‘ldi. Ya’ni u klub hisobidagi o‘z mablag‘ini «Jenoa»ga olib o‘tdi. Mana, Presiozi naq 15 yildan buyon Genuya jamoasiga egalik qilmoqda (to‘g‘ri, hozirda xayrlashish haqida o‘ylamoqda). Xullas, shu biznesmen 2003 yili «Komo»ni sotadi va oradan ikki mavsum o‘tgach, o‘rniga qaytishni xohlaydi. Aniqroq aytsak, Presiozi ixtiyoridagi guruhlardan biri klubni xarid qiladi, biroq shu tufayli uni «C2» seriyasiga qo‘yishmaydi.

Chunonchi, Italiyada bir kishining 2ta yoki ko‘proq jamoaga aloqador bo‘lishi mumkin emas. Mavsum starti arafasida «Komo» yangi rahbarlar guruhi tasarrufiga o‘tgan bo‘lsada, chempionatdan chetda qoladi, baribir. Chunki yangi rahbariyat jamoani professional liga «zayavka»siga kiritishga ulgurmaydi. Shu tariqa qayta bosh ko‘tarish harakatini yarim havaskorlar ligasi sanalmish «D» seriyasida boshlashga to‘g‘ri keladi. «Larianilar» naq 10 yildan so‘ng nihoyat, «B» seriyasiga ko‘tarilishdi, biroq Italiya futbolining ikkinchi bo‘g‘inida atigi 1 mavsum o‘ynashdi, xolos. Jamoa ayni payt pro-ligasining «A» guruhida ishtirok etmoqda. Chempionatning 30-turi yakunlari bo‘yicha aytsak, «Komo» turnir jadvalining 8-pog‘onasida boryapti - bu «V» seriyasiga chiqish yo‘lidagi «pley-off» o‘yinlarida qatnashish imkonini beradi.

Xo‘jayin nega yana o‘zgardi?

Albatta, tanazzul tufayli. Komo provinsiyasi sudining 2016 yil aprel oyidagi qaroriga binoan, mahalliy prokuratura klubning moliyaviy faoliyati yuzasidan tekshiruv boshladi. Huquq organi vakillarida hujjatlarda qayd qilingan o‘ta past ko‘rsatkichlar shubha uyg‘otgandi.

To‘g‘ri, tekshiruv jarayoniga qaramay, «V» seriyasidan tushib ketgan klubning pro-liga ro‘yxatidan o‘tishiga ruxsat berishdi. Biroq mavsum starti yaqinlashgan vaqtda jamoa «bo‘yni»ga yana inqiroz «bo‘-yinbog‘i» tushdi. «Komo»da hattoki, vaqtincha kurator ham ish boshladi - Franchesko di Mikele. «Larianilar» rahbariyati tabiiyki, qarorni qabul qilmadi va apellyasion sud orqali uni bekor qilishga urindi. O‘tgan yil oxirida, ya’ni dekabrda shikoyatni ko‘rib chiqish muddatini ortga surishdi. Bu vaqtda «Komo» auksionga qo‘yildi.

Kimoshdi savdo jarayonida klubga qo‘yilgan boshlang‘ich narx 535 ming yevroni tashkil etdi. Taklif qilinadigan minimal summa esa 401 ming yevro bo‘lishi aytildi. Ilk savdoda bankrotga uchragan jamoani sotib olishni istovchi xaridor topilmadi. Keyingi 2ta auksion ham hech qanday natija bergani yo‘q. Hisob bo‘yicha 4-savdo 16 mart kuni tashkil etildi va nihoyat, «Komo»ga xaridor topildi. Akosua Puni Essyen klub uchun 237 ming yevro taklif etdi va uning sohibasiga aylandi. Zero, bu vaqtga kelib, boshlang‘ich narx 227 ming yevroga tushgandi.

Ayrim OAVda yozilishicha, oxirgi savdoda Essyen xonimga chamasi 30 nafar da’vogar raqobat ko‘rsatgan. Biroq bunga ishonish qiyin. Axir boshlang‘ich narxga atigi 10 ming qo‘shildi, xolos. Muhimi, mavhumlik, azob vaqti tugadi va klub endi xotirjam holda kelajak rejalarini tuzishi mumkin. Xususan, yangi sohiba «Komo» muxlislariga yo‘llagan murojaatida jamoani imkon qadar tezroq «V» seriyasiga olib chiqish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishini alohida ta’kidladi.

Klubda nima o‘zgardi?

Hozircha jamoa nomi, xolos. Essyen xonim kelishiga qadar klubning rasmiy nomi Calcio Como 1907 edi. Endi bu biroz ixchamlashtirildi - FC Como. Gana OAVda esa Akosua Puni jamoaga o‘z vatandoshlarini chorlashga harakat qilishi haqida xabar berildi.

Gap faqat futbolchilar xususida emas. Essyen xonim o‘z loyihasini amalga tatbiq etishda ganalik biznesmenlar yordamiga tayanmoqchi. To‘g‘ri, hali «Komo» tarkibi qaysi yangi o‘yinchilar hisobiga kuchaytirilishi xususida xabar yo‘q. Shuningdek, biznesmenlar masalasida ham hech narsa ma’lum emas.

Puni Essyenning o‘zi kim?

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 00:34, 15.04.2017.
O'qildi: 6308 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.