Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

“Barcelona” CHLda yana “kembek”ni amalga oshira oladimi?

“Barcelona” CHLda yana “kembek”ni amalga oshira oladimi?

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi CHL chorak finalida ilk o‘yinda yirik hisobda yutqazib, keying bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarini kamaytirib yubordi.

Biz kataloniyaliklarning turnirdagi ilk o‘yinda kamida 2 ta to‘p farqi bilan yutqazib, javob o‘yinida qanday natijaga erishganlari haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.

1999/2000. Chorak final
Chelsi” – “Barcyelona” 3:1
Barcyelona” – “Chelsi” 5:1
“Barcelona” XX asrning oxirida CHLda chorak finalning ilk o‘yinida “Chelsi” maydonida 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Javob uchrashuvida “Kamp Nou” “Mo‘’jizalar maydoni”ga aylanib ketdi. O‘yinning asosiy vaqtida 3:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha vaqtda esa Rivaldo va Klyuvertning gollari evaziga “Barca” yarim finalga yo‘l olgan edi.

1999/2000 Yarim final
“Valensiya” – “Barcelona” 4:1
“Barcelona” – “Valensiya” 2:1

O‘sha mavsumda “Barca” yarim finalda “Sevilya” bilan to‘qnash keldi. Ilk bellashuvda Valensiyada klub yirik 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Kamp Nou”dab u safar “kembek” qilishga jamoaning kuchi yetmadi. Shu tariqa kataloniyaliklar musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashlariga to‘g‘ri keldi.

2001/2002 Yarim final
“Barcelona” – “Real” 0:2
“Real” – “Barselona” 1:1

2002 yili musobaqaning yarim finalida muxlislar “El klasiko”ga guvoh bo‘lishdi. “Kamp Nou”dagi ilk o‘yindayoq hamma narsa hal qilib bo‘lingan edi. Zidan va Makmanaman tomonidan urilgan gollar Madrid klubiga javob o‘yinidan oldin ajoyib ustunlikni taqdim etgandi. “Santyago Bernabeu”da ham “blankos” futbolchilari ikkita gol urishdi. Faqat ularning biri avtogol edi. “Ko‘k anorranglilar” turnirni yna yarim finaldan yakunlashdi.

2009/2010 Yarim final
“Inter” – “Barcelona” 3:1
“Barcelona” – “Inter” 1:0

2010 yili Gvardiola boshchiligidagi “Barca”ni faqatgina bitta jamoa to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Mourinyo murabbiyligidagi “Inter” edi. “San Siro”dagi ilk to‘qnashuvda Milanliklar irodali tarzda 3:1 hisobida ustun kelishgandi. “Kamp Nou”dagi bahsda esa Pikening yagona goli kataloniyaliklarning finalga chiqishi uchun kamlik qildi.

2012/2013 Nimchorak final
“Milan” – “Barselona” 2:0
“Barselona” – “Milan” 4:0

“Barselona” nimchorak finalning ilk to‘qnashuvida kutilmaganda “Milan”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Javob bahsida esa Messining bir o‘zi birinchi taymda umumiy muvozanatni tiklab qo‘ydi. Ikkinchi taymda yana ikkita gol urgan katalon jamoasi ajoyib “kembek”ni amalga oshirdi.

Davomi >>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:02, 16.04.2017.
O'qildi: 16644 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.