Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xames Rodriges faoliyatini «Inter» davom ettiradimi?

Xames Rodriges faoliyatini «Inter» davom ettiradimi?

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubifutbolchisi Xames Rodriges faoliyatini“Inter”da davom ettirishi mumkin. Bu haqdaDonBalon nashri xabar beradi.

Manbaning xabariga ko‘ra, “Inter” Xamesga 2016 yil rasmiy taklif yuborgan edi, lekin noma’lum sabablarga ko‘ra transfer amalga oshmay qolgan.

Endilikda, kolumbiyalik yarim himoyachini kuzatib kelayotgan “Inter” yozgi transferlar mavsumida Xamesni sotib olishga yana harakat qilib ko‘rishni rejalashtirgan.

Rodriges hozirda “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalaridan joy ololmayapti. Ayni shu sababdan Xames katta ehtimol bilan yozda jamoasini o‘zgartiradi.

Xames Rodrigesning o‘zi ham “Inter” taklifiga qarshilik bildirmasligini aytib o‘tgan. 

Manba: www.marca.com
Kiritildi: 06:49, 20.04.2017.
O'qildi: 3874 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.