Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Birinchi “El-Klasiko” haqida bilasizmi? Unda kim g‘alaba qozongan?

Birinchi “El-Klasiko” haqida bilasizmi? Unda kim g‘alaba qozongan?

Baho:
+ | -

Bugun, 23 aprel kuni Ispaniyaning ikki grand klubining to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu qarama-qarshilik birinchi marta qachon boshlangani to‘g‘risida ko‘pchilik bilmasa kerak.

Birinchi “El-Klasiko” 1902 yilning 13 may kuni bo‘lib o‘tgan. U paytda "Real" klubi "Madrid" nomi ostida maydonga tushardi. "Barselona" esa, 1899 yilning 29 noyabr kuni, klub tuzilgan sanadan boshlab shu brendni targ‘ib qilib keladi. "Madrid" klubi 1920 yilning 29 iyunida qayta tuziladi va unga "Real Madrid", qirollik klubi nomi beriladi.

U paytlar gazeta muxbirlari futbolni deyarli tushunmas edilar. Futbolga nisbatan, chetdan kirib kelgan bir sport turi sifatida qarashar edi. Qonun qoidani ham to‘liq bilmagan muxbirlarga birinchi klasikoni yoritish nasib etgan.

Bu ikki klub ilk marotaba Madridda tashkil etilgan, "Koronasii Kubogi"ning yarim finalida to‘qnash kelganlar. Musobaqa, qirol Alfonso XIIIning taxtga kelishi munosabati bilan o‘tkazilgan edi.

Ilk "el klasiko"da "Barselona" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. "Ippodrome de la Kastelyano" arenasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga 2500 nafar muxlis tashrif buyurgan.

"Barselona" - "Madrid" (bugungi "Real Madrid") 3:1

Bosh hakam: Luis Arana

Gollar: Shtaynberg – 1:0; Shtaynberg – 2:0; Jonson – 2:1; Morris – 3:1 (pen).

"Barselona": Luis Puelyas, Xose Lyobet, Artur Vitti, Boartolome Terradas, Jorj Mayer, Migel Valdes, Jon Parsons, Xans Gamper, Genri Morris, Udo Shtaynberg, Alfonso Albenis.

"Madrid": Xuan Sevilya, Rafael Molera, Mario Xiralt, Xose Gongora, Alvaro Spottorno, Xose Palasios, Artur Jonson, Xose Xiralt, Antonio Sanches Neyra, Armaldo Xiralt, Eustakiyo Selada.

1902 yilda olingan surat

Uchrashuvdagi barcha gollar legioner futbolchilar hisobiga yoziladi. "Barselona"dan nemis futbolchisi Shtaynberg dublga erishadi. Uchinchi gol muallifi, Moris esa angliyalik edi. Hisobni qisqartirgan gol muallifi ham angliyalik bo‘lgan. Kataloniyaliklarning darvozaboni Luis Puelyas uchrashuv chog‘ida Xose Xiralt bilan to‘qnashib ketadi. Shifokorlarning yordami bilangina posbon safga qaytadi. Agar u uchrashuvni davom ettira olmaganida, o‘sha payt qoidasiga ko‘ra futbolchining o‘rniga boshqa futbolchi tushishi mumkin emasdi.

"O‘yin juda ham tez bo‘ldi. Bunga "Barselona" tomonidan kiritilgan uchta gol ham isbot bo‘la oladi. Lekin "Madrid" ham bo‘sh kelmadi. Jamoa yaxshi ancha tajribali jamoaga qarshi yaxshi himoyalana oldi", - deya qayd etgan o‘yinni "Diario El Imparcial".

"Real" muxlislari xursand bo‘lsalar bo‘ladi. Finalga yo‘l olgan "Barselona" kubokni qo‘lga kirita olmagan. "Barselona"dan bir yosh katta, 1898 yilda tashkil topgan "Biskayi" jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Bir yil o‘tib "Biskayi" jamoasi "Atletik Bilbao" nomi ostida faoliyatini davom ettiradi.

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 11:27, 23.04.2017.
O'qildi: 13587 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.