Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Aslingga qayt, «Bunyodkor»!

Aslingga qayt, «Bunyodkor»!

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»da o‘zgarish bo‘lishi anchadan buyon kutilayotgandi. Klubga yaqin bo‘lgan manbalarda xabar qilinishicha, u amalga oshishni boshladi. Biroq hozircha faqat rahbariyat darajasida. Bir vaqtlar Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan klub hozirga kelib oliy ligada so‘nggi o‘rinda borayotgan jamoani mag‘lub etishni o‘zi uchun faxr hisoblab qolganini inobatga olsak, bunday bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas edi. Bir vaqtlar OCHLda yarim finalga qadar borgan klub bilan oliy ligada kuchli o‘nlikka kirish uchun kurashayotgan jamoa o‘rtasida farq bo‘ladi, albatta. Shunday ekan, «Bunyodkor»da qachondir yangilik bo‘lishi kerak edi. Mana, bo‘ldi ham.

Endi qanday ish olib boriladi? Murabbiylar shtabi masalasi nima bo‘ladi? Bunisini ham nasib qilsa asta-sekin ko‘rib olaveramiz. Rahbariyat o‘z yo‘liga, shu vaqtga qadar necha bor almashgan va bundan keyin ham almashadi. Bizni ko‘proq murabbiylar shtabi qiziqtiradi. Tabiiyki, yangi rahbar kelgach ish tizimi ham yangilanadi va bu eng avvalo, murabbiylar shtabiga tegishli bo‘lishi turgan gap. Shunday ekan, yaqin orada Sergey Lushan «Bunyodkor»dan iste’foga chiqarilganini eshitib qolsak, aslo hayron qolmaymiz. Ammo murabbiy klubdan batamom ketishi kerakmi? Bunisi endi o‘ylab ko‘rishga arziydigan masala.

Lushan «Bunyodkor»da uch yil ishladi. Shunday ekan, natijalar pastlab ketishida uning ham aybi bor, albatta. Ammo bu o‘rinda tanganing orqa tomoni ham borki, u yog‘iga ham bir nazar tashlasak. Lushanning «Bunyod­kor»dek klubni boshqarishga layoqatli emasligi ikki yil oldin ko‘rinib qolgan edi.

Uni hatto iste’foga ham chiqarishgandi. Biroq «Bunyodkor» rahbari Baxtiyor Boboyev yangi murabbiy chaqirishni paysalga soldi va «mavsum oxiriga qadar jamoani o‘zi boshqarib turishi va natija uchun o‘zi javob berishi»ni ma’lum qildi. qay tariqa javob berganini endi yaxshi bilamiz.

Uning eng katta aybi ham aslida shu bo‘lgan edi, ya’ni Lushanni «Bunyodkor» boshqaruviga qaytargani. Futbol futbol bo‘lib, o‘z ishini eplay olmagan murabbiy o‘z ishiga bu tariqa qaytganini ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Ammo bu murabbiy emas, balki uni chaqirganlarning aybi edi. Agar kimdir Lushanning timsolida Mourinyoni ko‘rgan bo‘lsa, bu uning aybi emas-ku, to‘g‘rimi?

Lushanning aybi bo‘lsa, u ham bosh murabbiylikni eplay olmasligini aytmaganida. Biroq kim ham «Bunyodkor»dek klubni boshqarishni istamaydi? Aytaylik, sizda shunday imkoniyat bo‘lsa, voz kecharmidingiz? Lushan ham kechmadi. Biroq bu holat uning eski xizmatlarini aslo kamsitmasligi lozim. Kattalar emas, yoshlar futbolidagi. Hozir «Bunyodkor»da o‘ynayotgan ko‘plab yoshlarning yetishishida uning xizmatlari yetarli. U aynan shu masalada - yoshlar bilan ishlashda kuchli edi. Shogirdlarining imkoniyati va iqtidorini ochib berish uchun nimalar qilish lozimligini yaxshi bilardi. Afsuski, faqat yoshlarni bilish orqali klubni boshqarish oson emas. Hatto o‘sha klub tarkibi o‘zi tarbiyalagan futbolchilardan iborat bo‘lsa ham.

Taktikani yaxshi bilganing bilan, jamoani birlashtira olmasang, natija bo‘lishi qiyin. Murabbiy eng avvalo, hammani o‘z atrofida birlashtirib, hamjihatlikni ta’minlab berishi shart. Shundagina o‘z g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishi mumkin. Afsuski, «Bunyodkor»da aynan shu narsani ko‘rmadik - hamjihatlikni. Agar Sergey Lushan ham eski rahbariyat ortidan ishdan ketadigan bo‘lsa, aynan shu aybi tufayli ketadi.

Biroq u «Bunyodkor»dan batamom ketishi kerakmi?

Bu hali hammasi emas maqola davomini bu yerdan o‘qishingiz mumkin

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 10:54, 24.04.2017.
O'qildi: 4096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.