Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Uzbek Tigers bokschilarining WSB chorakfinalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Uzbek Tigers bokschilarining WSB chorakfinalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

WSB guruh bosqichini 3 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bilan yakunlagan Uzbek Tigers’ning chorak finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.

Turnirning amaldagi g‘olibi hisoblangan Cuba Domadores yarim final yo‘lida o‘zbekistonlik bokschilarga qarshi jang qiladi. Mazkur ikki jamoa o‘tgan yil yarim finalda to‘qnash kelgan bo‘lib, Uzbek Tigers Kubadan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib kelgandi.

Toshkent mezbonlik qilgan finalda kubaliklar Astana Arlans jamoasidan ustun kelgan va bosh sovringa ega chiqqan.

Cuba Domadores’ga qarshi ilk janglar 13 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Javob bellashuvlari oradan olti kun o‘tib — 19 may kuni Kubada tashkil etiladi.

Qiziq tomoni, bir guruhda kurash olib borganiga qaramay, qozog‘istonning Astana Arlans va Rossiyaning Patriot Boxing Team klublari chorak finalda yana to‘qnash kelib qoldi.

Yarim final yo‘lida Fransiya va Britaniya bokschilari o‘zaro ringga chiqsa, so‘nggi juftlikni Italiya va Kolumbiya to‘qnashuvi tashkil qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:36, 24.04.2017.
O'qildi: 14947 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик