Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Fillip Rayevas: «Qo‘qondagi kabi fidoyi muxlislarni hali ko‘rmagandim»

Fillip Rayevas: «Qo‘qondagi kabi fidoyi muxlislarni hali ko‘rmagandim»

Baho:
+ | -

Ochig‘i, ancha yildan beri Oliy liga startida bunday manzaraga guvoh bo‘lmagandik. O‘ziga xos shov-shuv ko‘targan jamoalardan biri bu «Qo‘qon-1912» klubidir. No‘’mon Hasanov shogirdlari o‘tkazilgan 7ta o‘yinning bor-yo‘g‘i bittasida mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi. Jamoa hisobida 4ta g‘alaba va 2ta durang bor.

O‘zbek futbolining tamal toshi qo‘yilgan shahar jamoasining bugungi muvaffaqiyatlariga Filipp Rayevas ham munosib ulush qo‘shib kelyapti. Serbiyalik hujumchi 4ta gol bilan oliy liga to‘purarlari safida bormoqda. Biz bir necha bor turning eng yaxshi futbolchilari qatorida e’tirof etilgan ­Rayevasdan intervyu oldik.

- Filipp, sizning so‘nggi jamoangiz Serbiyaning «OFK» klubi edi. qanday qilib «Qo‘qon-1912» safida paydo bo‘ldingiz?

- Meni shaxsan jamoa bosh murabbiyi No‘’mon Hasanovning o‘zi taklif qilgan. U kishining Serbiyada do‘sti bor ekan. Aynan u meni tavsiya qilgan. Shu tariqa, O‘zbekistonga keldim va murabbiylar ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdim. Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan «Hokim kubogi-2017» musobaqasi doirasidagi 4ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta to‘p kiritdim. Shundan so‘ng menga klub rahbariyati shartnoma taklif qildi. «qo‘qon-1912» jamoasi bilan bir yillik bitimga imzo chekdim.

- Mavsum siz va «Qo‘qon-1912» uchun omadli boshlandi. Jamoangiz peshqadamlar safida boryapti. Bunday startni kutganmidingiz?

- Har bir jamoa maydonga faqat ijobiy natijani ko‘zlab tushadi. Ayniqsa, legioner futbolchi uchun g‘alaba va uriladigan gollarning ahamiyati juda yuqori bo‘ladi. Ko‘z tegmasin, mavsum biz uchun omadli o‘tyapti. Lekin hali oldinda jiddiy sinovlar kutib turibdi. Kuchli klublarga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlar bor. Jamoaning asl kuchi shunda bilinadi.

- Hozir qayerda yashayapsiz?

- Mehmonxonada.

- O‘zbekiston qanday taassurot qoldiryapti?

- Bu yerga kelishimdan oldin O‘zbekiston haqida eshitgandim. Chempionatingizda o‘ynaydigan serbiyalik futbolchilardan ham ma’lumotlar so‘ragandim. O‘zim kelib guvohi bo‘ldim va eshitganlarim ortig‘i bilan to‘g‘ri ekaniga amin bo‘lyapman. Eng muhimi, mamlakat tinch. Yarim kechasi ham do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan ko‘chada bemalol sayr qilib yurishingiz mumkin. O‘zbekistonga ko‘z tegmasin. Yurtingiz juda ham go‘zal. Odamlari xushmuomala. Mehmondo‘stligi alohida mavzu. Bu yerdagi taomlarni boshqa hech qayerda ko‘rmaganman. Faoliyatim mobaynida Serbiya, Polsha klublarida o‘ynadim. Lekin bu yerdagi taassurotlarim hammasidan yaxshi.

- Jamoada sizni yaxshi qarshi olishdimi?

- Juda iliq tarzda kutib olishdi. O‘zbekiston chempionatida hamyurtlarim Darko va Nikola ham to‘p surishyapti. Zerikishga vaqt yo‘q. Bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha ular bilan gaplashaman.

- Bosh murabbiy haqida fikringiz qanday?

Bu hali hammasi emas, suhbatning davomi bor. Davomiga o‘tish uchun bu yerga bosing

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:49, 25.04.2017.
O'qildi: 4022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.