Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Formula 1 poygalari yanada xavfsiz bo‘ladi

Formula 1 poygalari yanada xavfsiz bo‘ladi

Baho:
+ | -

25 aprel kuni Parij shahrida Formula 1 komissiyasi va strategiya guruhlari o‘rtasida sport va texnik reglamentga o‘zgartirishlar kiritilishi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy ishtirokchilar bilan birga FIA prezidenti Jan Todt va «Formula One Group»ning yangi ijrochi rahbari Cheyz Keri ham ishtirok etishdi.

Endilikda Ispaniya Gran Prisidan boshlab, ya’ni 12-14 maydan e’tiboran reglamentga o‘zgartirishlar kiritiladi. Unda poygachilar ismi va bolid raqami muxlislarga yaxshiroq ko‘rinadigan qilib yoziladi.

2018 yilda esa texnik reglamentda ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Ya’ni T ko‘rinishidagi qanotlar yoki poygachilar tilida aytganda "akula suzgichlari"da cheklovlar bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, motor moyini yoqilg‘i sifatida ishlatish ham man etiladi va poyga davomida jamoalar faqat bir ko‘rinishdagi motor moyidan foydalanishlari majburiy etib qo‘yiladi.

Pirelli shinalari esa 2018 yilgi yomg‘ir uchun mo‘ljallangan shinalarga o‘zgartirishlar kiritib borishi mumkin.

Agarda poyga davomida bahs qizil bayroq tufayli to‘xtatilsa, unda restart start chizig‘idan beriladi.

Shuningdek, pilotlarning bosh qismini himoyalovchi shitlar ham tezor takomillashtirilib, 2018 yildan poygalarda qo‘llanilishi mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:39, 26.04.2017.
O'qildi: 3110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик