Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Haqiqiy darvozabon qanday bo‘lishi kerak?

Haqiqiy darvozabon qanday bo‘lishi kerak?

Baho:
+ | -

Haqiqiy darvozabon qanday bo‘lishi kerak? Buni bilish uchun o‘tgan hafta «Paxtakor» va «Lokomotiv» o‘rtasida kechgan o‘yinni tomosha qilish shart edi. Bu uchrashuvda darvozalardan birini darhaqiqat, mohir posbon qo‘riqladi.

U butun o‘yin davomida usta dirijyor misol himoyachilarni boshqarib turdi, «seyv»larni amalga oshirdi, og‘ir-bosiq va ishonchli harakatlari bilan butun jamoada barqarorlik o‘rnatdi. Uning o‘yiniga qarab turib, bejizga «darvozabon - yarim jamoa» demasliklarini tan olasiz.

Haqiqiy darvozabon qanday bo‘lmasligi lozim? Buni bilish uchun ham o‘tgan hafta «Paxtakor» va «Lokomotiv» o‘rtasida kechgan o‘yinni tomosha qilish shart edi. Bu uchrashuvda darvozalardan birini o‘z nomiga nomunosib posbon qo‘riqladi. U butun o‘yin davomida asabiylashishdan to‘xtamadi va bu bilan himoya­chilarni ham izdan chiqardi. Uning ko‘p harakati jamoa zarariga ishladi va kamiga yo‘q joydan qizil kartochka olib, tuppa-tuzuk o‘yinni ham buzib qo‘ydi. Uning harakatiga qarab turib, «darvozabon - yarim jamoa» degan naqlga har doim ham ishonavermaslik kerakligini tan olasiz.

Albatta, gap kim haqida ketayotganini allaqachon tushunib ulgurdingiz. Ancha vaqt muqaddam hamkasblardan biri: «Qanday qilib Ignatiy Nesterovdek darvozabon turganda terma jamoaning asosiy tarkibida Aleksandr Lobanov o‘ynashini tushunmayman», degandi. Poytaxt derbisida bu ikki posbonni o‘zaro solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Qo‘rqamanki, o‘yindan so‘ng o‘sha tushunmovchilik ortsa ortganki, aslo kamaymagan.

Umuman, Lobanov qanday qilib terma jamoa darvozasiga kelib qolganini O‘zbekistonda faqat bir odamdan boshqa hech kim tushunmasa ham kerak. Samvel Babayan futbolchilarni uch kriteriyga asosan tanlaydi - ayni vaqtdagi sport formasi, insoniyligi va faqat o‘zigagina ma’lum bo‘lgan o‘yin falsafasiga qay darajada mos kelishiga qarab. Aftidan, uning nazdida Lobanov bu talablarning barchasiga mos keladi. Biz esa Janubiy Koreyadan o‘tkazib yuborilgan ikki golni eslab, xunob bo‘lib yuraveramiz...

Ochig‘i, hozir terma jamoa asosiy tarkibida kim o‘ynashi kerakligi haqida navbatdagi «ballada»ni bitmoqchi emasman. Befoyda. Shundoq ham qanday fikrda ekanimni ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Biz nima demaylik, tarkibni baribir, Babayan tanlaydi. U Lobanovni munosib deb bildimi, tamom-vassalom. Toki murabbiy termadan ketmas ekan,

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 16:32, 26.04.2017.
O'qildi: 7501 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.