Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Intervyu. Ander Errera: «Xotirjamlikka berilishga haqqim yo‘q»

Intervyu. Ander Errera: «Xotirjamlikka berilishga haqqim yo‘q»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera avvalgi hafta Angliyaning United Review nashri muxbirlari bilan suhbatlashdi. Ispaniyalik futbolchi garchi joriy mavsum Joze Mourinyoning to‘liq ishonchiga kirgan bo‘lsada, xotirjam emas. Qaysi ma’nodaki, agar o‘z ustida ishlashni susaytirsa, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishini yaxshi biladi. Zero, «qizil iblislar» tarkibi yozda yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.

- Joriy mavsum ko‘pincha boshlang‘ich tarkibda maydonga tushyapsiz. O‘z o‘yiningizga bog‘liq o‘sishni qanday baholaysiz?

- Hozirgi holat va rivojlanish sur’atidan xursandman. Biroq muxlislar doimo asosan mavsumning yakuniy qismini eslab qolishga odatlanishgan. Shuni nazarda tutib aytsam, jamoamiz eng muhim pallada turibdi. Vazifamiz aniq - premyer-liga doirasidagi so‘nggi uchrashuvlarni dadil o‘tkazib, imkon qadar ko‘proq ochko olish. Ha, yana Yevropa Ligasidagi hal qiluvchi o‘yinlarni ham unutmaslik kerak. Umid qilamanki, finishda o‘ylagan rejalarimizni to‘liq amalga oshirishni uddalaymiz. Shaxsan o‘zimga to‘xtalsam, mabodo mavsumning oxirida yaxshi o‘ynay olmasam, hech kim avvalgi muvaffaqiyatli harakatlarimni esga olmaydi. Boshqacha aytganda, butun mavsum uchun munosib baho olishni istasam, yakuniy uchrashuvlarda borimni berishim kerak. Lekin har nima bo‘lganda ham, shunday klubda o‘ynayotganimdan baxtiyorlik hissasini tuymoqdaman.

- Gaplaringizdan shunday taassurot uyg‘onyaptiki, o‘z o‘yiningizga nisbatan tanqidiy qaraysiz. Bu borada adolatsizlikka yo‘l qo‘ymayapsizmi?

- Tabiatan o‘zimdan yanada ko‘proq narsa talab qilishga o‘rganganman. Chunonchi, ichki imkoniyatlarim yanada faolroq to‘p surish uchun yetishini yaxshi bilaman. Ishonchim komil, «Manchester Yunayted»ga hozirgidan ancha ko‘p naf keltirishim mumkin. O‘ylaymanki, har bir professional sportchi o‘z ishiga shunday yondashishi kerak. Aks holda, u o‘sishdan to‘xtab qoladi. To‘g‘ri, avvallari hammasidan qoniqardim, hattoki, ishlarim joyida ekanligidan biroz xotirjamlikka berilardim. Lekin endilikda har bir o‘yinda mahoratimni maksimal darajada ishga solishim shartligini teran tushunib turibman. Ko‘pchilik biladi, jamoaviy harakatlarga moyil futbolchiman. Shu ma’noda aytsam, murabbiy va jamoa uchun borimni berishga tayyorman. Asosiy shiorim - faqat oldinga intilish. Qaytaraman, yaqin 2 oy faoliyatimdagi eng muhim davr hisoblanadi. Har holda, qalbimdan shunday sado chiqyapti - bu ichki tuyg‘u. Qolaversa, chetdan yangrayotgan maqtovlarga mahliyo bo‘lish yaramaydi. Chunki bu qimmatga tushishi hech gap emas. Shunchaki, bugungi holatdan zavqlanish barobarida e’tiborni bir joyga jamlashim zarur. Albatta, asosiy maqsadim - keyingi mavsum Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli to‘p surish.

- Joze Mourinyoning shaxsan sizga ta’siri qaysi jihatlarda ko‘zga tashlanmoqda?

- Ushbu insondan bag‘oyat minnatdorman. Zero, u ilk kunlardanoq o‘z kuchimga ishonishim va dalil o‘ynashimda katta yordam berdi. Murabbiy xususan, jamoasi uchun eng muhim futbolchilardan biri bo‘lishimni aytgandi. Buni hech qachon unutmayman. Albatta, futbol - bu tinmay rivojlanadigan o‘yin. Deylik, «Manchester Yunayted»ning yozda o‘z tarkibiga yana yangi futbolchilarni jalb etishi tabiiy hol. Shunday ekan, xotirjam uxlolmayman. To‘g‘rirog‘i, o‘z ustimda ishlashni susaytirishga haqqim yo‘q. Faqat mashg‘ulotlarda ter to‘kishim va murabbiy tomonidan berilgan vazifalarni imkon qadar sifatli bajarishim kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:51, 27.04.2017.
O'qildi: 3685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.