Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

O‘zbekiston U22 termasi ustozi Jasur Abduraimov «Paxtakor»ni vaqtincha boshqaradigan bo‘ldi

O‘zbekiston U22 termasi ustozi Jasur Abduraimov «Paxtakor»ni vaqtincha boshqaradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Jasur Abduraimov «Paxtakor» futbol klubida bosh murabbiy vazifasini boshqaruvchi bo‘lib ishlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi «Paxtakor»ning yangi rahbariyatini rasman tanishtirgandi. O‘sha kunning o‘zidayoq rahbariyat futbolchi va murabbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Vise-prezident Bobur Shodiyev bunda klubning yaqin kelajakdagi rejalari borasida fikr bildirgan.

Bosh direktor Umid Ahmadjonovning qo‘shimcha qilishicha, futbolchi va murabbiylar bilan muloqotlar endi doimiy bo‘ladi.

Yig‘ilishda Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubining yangi murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bunda mutaxassis o‘z lavozimida vaqtinchalik ishlashi aytib o‘tilgan, biroq bu qancha vaqtni o‘z ichiga olishiga oydinlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, 6 aprel kuni Ravshan Haydarov «Paxtakor»ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgandi. «Sho‘rtan» (0:3) va «Lokomotiv» (1:2) klublariga qarshi mag‘lubiyatlardan keyin Ravshan Akmalovichga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yilgan.

Jasur Abduraimov esa bunga qadar O‘zbekiston U22 terma jamoasiga ustozlik qilayotgandi. U bir vaqtning o‘zida ikki vazifani bajaradimi yoki amaldagi ish joyidan ariza yozdimi — aniqlik kiritilmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:10, 27.04.2017.
O'qildi: 6278 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.