Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marat Bikmayevning gollari 12taga yetdi

Marat Bikmayevning gollari 12taga yetdi

Baho:
+ | -

Oliy liga turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Lokomotiv" 6 ta o‘yinda 13 bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mana shu 13 goldan yettitasi Marat Bikmayevga tegishli.

Bikmayev ko‘z tegmasin, bu yil yaxshi mavsumni o‘tkazyapti. U Osiyo chempionlar ligasida hozircha beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bikmayev oliy ligada "Mash’al", "So‘g‘diyona", "Olmaliq" darvozasiga bittadan, "Nasaf" bilan "Paxtakor"ga esa ikkitadan to‘p kiritdi.

U shuningdek, OCHLda "Al Ahli" va "Istiqlol" darvozasini bir martadan ishg‘ol qilgan bo‘lsa, "Al Taavon" bilan kechgan o‘yinda uchta gol urib tur qahramonlaridan biri bo‘ldi va natijada OFK tomonidan tuziladigan tur ramziy terma jamoasiga kiritildi.

"Lokomotiv" ertaga, 29 aprel kuni o‘z maydonida "Obod"ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yinda ham Bikmayevdan gollar kutib qolamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:51, 28.04.2017.
O'qildi: 4032 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик