Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Jasur Abduraimov: "Yosh futbolchilarning debyuti va g‘alabadan xursandman"

Jasur Abduraimov: "Yosh futbolchilarning debyuti va g‘alabadan xursandman"

Baho:
+ | -

Oliy liga 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) o‘yinidan keyin mezbonlar ustozi Jasur Abduraimov o‘z fikrlarini aytdi.

"Birinchi navbatda stadionga kelgan ishqibozlarni tabriklashni xohlayman. O‘yinchilardan minnatdorman, ular bugun g‘alaba uchun 150 foiz imkoniyatlarini ishga solishdi. Uchrashuvga qo‘ygan vazifani bajardik - g‘alaba qozondik. "Paxtakor" o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasi sanaladi. Yigitlar o‘zlariga ishonchni his qilishdi. Bu holat davom etadi deb umid qilaman. Bugun yosh darvozabon Shohrux Raimov uchun juda xursand bo‘ldim. Oliy ligada debyut qildi va bellashuvni xatosiz o‘tkazdi. Qiyin bellashuvda saviyasini ko‘rsatdi. Yosh o‘yinchilarga ishonishda davom etamiz. Moslashish uchun ularga vaqt kerak, ammo kattalar futboliga ko‘nika olishadi deb o‘ylayman. Xushnud Avilov ham juda yaxshi o‘yin namoyish qildi. U kabi o‘yinchilar futbolimiz kelajagidir. Ba’zi jarohatlangan futbolchilar tiklanib bo‘lgandan keyin jamoaga yordam berishadi. Hali hammasi oldinda va "Paxtakor" faol kurashda" - dedi Abduraimov.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:39, 28.04.2017.
O'qildi: 4858 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик