Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bugun «Nasaf» oliy ligadagi 595-uchrashuvini o‘tkazadi

Bugun «Nasaf» oliy ligadagi 595-uchrashuvini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” jamoamiz oliy liga 8-tur uchrashuvida "Qizilqum" jamoasi bilan bahs yuritadi. "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

“Ajdarlar” bugun milliy chempionatimizdagi 595-uchrashuvida maydonga tushishadi. Mamlakatimizda ikki karra  eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etilgan jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev oliy liga bahslarida o‘z shogirdlarini 128-marta maydonga boshlab tushadi.

Mazkur uchrashuv futbol ishqibozlarining diqqat e’tiborida bo‘lib turibdi. Qolaversa, bugungi uchrashuv har ikkala jamoa uchun katta ahamiyat ham kasb etadi.

Bugungi uchrashuvni Toshkentlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuvda Vadim Agishev referilik qiladi.

Unga qanotlarda Doniyor Saylavov va Aleksandr Sidorovlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Jasur Muxtarov ishlaydi. Hakamlar ishini Baxtiyor Tog‘ayev nazorat qiladi. Bobir Haydarov esa O‘zbekiston PFL vakili sifatida uchrashuvga tashrif buyuradi.

O‘zPFL, 8-tur

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi)

29.04.2017. “Yoshlar” sport majmuasi. 18:00da

Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent)

Qanot hakamlari:  Doniyor Saylavov, Aleksandr Sidorov (ikkalasi ham Toshkentdan)

Zaxira hakami: Jasur Muxtarov (Toshkent)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Bobir Haydarov.

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 34 marta ro‘baru kelishgan. Ushbu bahslarning 20 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 8 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 65-37.    

Jamoamiz Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo‘lsin, hoh Navoiyda bo‘lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan emas.

"Nasaf" Navoiyda o‘tkazilgan 17 uchrashuvning 7tasida g‘alaba, 5tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

“Nasaf” so‘nggi bor “Qizilqum” jamoasini Navoiyda 2015 yili 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Xullas, bugun futbol ishqbozlari juda qiziqarli uchrashuvga guvoh bo‘lishlari aniq.

Bugungi uchrashuvda o‘z seviklarini  bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlash uchun Qarshi shahridan ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurishadi. "Nasaf" PFK muxlislar klubi faollari bugun erta tongdan Navoiy shahri tomon yo‘lga chiqishgan.

Siz ham "Yoshlar" sport majmuasi stadioniga tashrif buyuring va qiziqarli uchrashuvni tomosha qiling.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:51, 29.04.2017.
O'qildi: 3749 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.