Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Murod Ismoilov: «Ketma-ket mag‘lubiyatlar baribir futbolchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazyapti»

Murod Ismoilov: «Ketma-ket mag‘lubiyatlar baribir futbolchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazyapti»

Baho:
+ | -

Oliy liga 8-turidan o‘rin olgan «Neftchi» - «Olmaliq» (1:1) bahsidan so‘ng, mezbonlar katta murabbiyi Murod Ismoilov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«Olmaliq» - yaxshi jamoa. Bugun ular bizda yaxshi taassurot qoldirishdi. Olmaliqliklar himoya chizig‘ida tartibli o‘yin namoyish etishdi. Standartlarga ham ko‘p urg‘u berishdi. Aynan yon chiziqdan to‘p tashlab berilgan vaziyatda bizning darvozamizni ishg‘ol etishdi. Bevosita o‘zimizning o‘yinimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, bugun yigitlar to‘pni nazorat qilish borasida raqibdan ustunlikka erishishdi. Darvozalarga berilgan zarbalar borasida ham shunday fikr bildirib o‘tish mumkin. Mazkur o‘yinda ko‘proq hujumga e’tibor qildik. Lekin jismoniy tarafdan "Olmaliq" futbolchilari o‘z ustunliklarini ko‘rsatishdi. Ijobiy tomoni, yigitlar mag‘lubiyat bilan yakunlanayotgan o‘yin natijasini o‘zgartirishga erishishdi. Afsuski, g‘alaba qozona olmadik. Endi navbatdagi bahslarga e’tibor qaratamiz.

Ketma-ket mag‘lubiyatlar baribir futbolchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazyapti. Ruhiy tarafdan ularga dalda berishga harakat qilyapmiz. Biroq ko‘p narsa ularning o‘zlariga bog‘liq. Biz yaxshi saviyadagi futbolchilarni yiqqanmiz. Men ularni mahoratiga shubha qilmayman. Ayni paytdagi eng muhim vazifamiz futbolchilarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchini qaytarishdir» - dedi Murod Ismoilov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:00, 29.04.2017.
O'qildi: 3712 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик