Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Aziz Ibragimov: «Eron chempionati kutganimdan ham kuchliroq bo‘lib chiqdi»

Aziz Ibragimov: «Eron chempionati kutganimdan ham kuchliroq bo‘lib chiqdi»

Baho:
+ | -

Eron pro-ligasida mavsum yakunlanishiga ikki tur qolgan bir paytda «Piruzi» klubi muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi. Ikkinchi o‘rindan «Istiqlol» jamoasi joy oldi. Keyingi o‘yinlar natijasidan qat’iy nazar, tehronliklar pesh-qadamga yeta olishmaydi.

Kumush hamda bronza medallar taqdiri esa «Istiqlol» va «Traktorsozi» klublari o‘rtasida hal bo‘ladi. Kuchli uchlikka yakun yasab turgan «traktorsozlar» «Lokomotiv»ning OCHLdagi guruhdoshlaridan bor-yo‘g‘i bir ochko kam jamg‘arishgan. O‘z o‘rnida turnir jadvalining quyi qismida ham kuchlilar safini tark etadigan dastlabki jamoa nomi deyarli ma’lum bo‘lgan. Afsuski, hamyurtimiz Aziz Ibragimov to‘p surayotgan «Mashinsozi» klubi kelasi mavsumni quyi ligada o‘tkazishga majbur. Jamoa 16 ochko bilan musobaqa jadvalining oxirgi pog‘onasidan joy olgan. Biz «Zob-Ohan»ga qarshi o‘tkazilgan 28-tur uchrashuvi oldidan terma jamoamizning sobiq yarim himoyachisidan intervyu oldik.

- Aziz, Eron klubi bilan shartnoma imzolaganingizdan keyin suhbatlashgandik. Oradan ancha vaqt o‘tdi va 3-turdan so‘ng mavsum o‘z yakuniga yetadi. Umuman, pro-ligaga moslashish jarayoni qiyin kechmadimi?

- Eron chempionati juda kuchli ekan. Ayniqsa, tezlik va yakkakurashlarga boy. Shunga qaramay, ancha moslashib oldim.

- Shunday bo‘lishini kutganmidingiz?

- Ochig‘ini aytaman, Eron chempionati haqida umuman tushunchaga ega emasdim. Lekin kutganimdan ham kuchliroq bo‘lib chiqdi. Buni tan olaman.

- Oliy ligamizdan qaysi jihatlari bilan kuchli ekan? Eron pro-ligasi bilan taqqoslaganda, bizning chempionatni maqtaydigan tomonlari ham bormi?

- Bu savolga javob berishim qiyin. Bilganim, Eronda futbolga e’tibor juda kuchli ekan.

- Qaysi tomondan qiyinchilik sezyapsiz? Nimasi ma’qul kelmayapti?

- Shaxsan o‘z klubim misolida aytadigan bo‘lsam, jamoa mutasaddilari va ma’muriyat xodimlarida mas’uliyat kamroq. Biror ish yuzasidan murojaat qilsangiz, «Ertaga», degan javobni olaman. Shu so‘zni eronliklar yaxshi ko‘rishadimi, deyman.

- «Mashinsozi» kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qola olarmikan?

- Menimcha yo‘q. Imkoniyat qolmagan hisobi.

- Shartnomangiz muddati yakuniga yaqinlashmoqda. Rahbariyat kelishuvni uzaytirish bo‘yicha taklif bilan murojaat qilmadimi?

- Agar «Mashinsozi» pro-ligani tark etsa, legionerlarga ehtiyoj qolmaydi. 

- Rejalaringiz bormi?

- Hozir aniq rejam bor, deya olmayman.

- Eron yoki boshqa davlat klublaridan takliflar bo‘lmayaptimi?

- Erondan qiziqishlar bor.

- Bundan chiqdi, kelasi mavsum ham u yerda qolishingiz mumkin, shundaymi?

- Hali aniq emas. Oldinda chempionatning yana turlari bor.

- Iyun oyida JCH-2018 3-saralash bosqichi doirasidagi Eron - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda ham yuqori. Eron matbuoti, xususan, mamlakatda futbolga befarq bo‘lmaganlar bo‘lajak o‘yin haqida nima de­­yishyapti?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 30.04.2017.
O'qildi: 3313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.