Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Prevyu: “Nasaf” - “Neftchi”

Prevyu: “Nasaf” - “Neftchi”

Baho:
+ | -

“Nasaf” jamoasi navbatdagi 9-tur uchrashuvini Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoalar oliy ligadagi  o‘zaro 41-uchrashuvda maydonga tushishadi. Uchrashuv 6 may shanba kuni “G‘uzor” markaziy stadionida soat 18:00da boshlanadi.

 

O‘zPFL, 9-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg‘ona)

06.05.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 18:00da

 

Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Farux Yarmuxamedov, Baxodir Baxromov (ikkalasi ham Toshkentdan)

Zaxira hakami: Asker Najafaliyev (Toshkent)

Nazoratchi: Artyom  Arutyunov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Sherzod Rajabov

 

 

Viktor Serazetdinov o‘tgan yili jamoamiz ishtirokidagi bitta uchrashuvni  boshqargan. Bunda jamoamiz “Mash’al” bilan o‘z maydonida bahs yuritgan va 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

 

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 40 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda jamoamiz 16 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbatida kichik ustunlik jamoamiz tomonida - 53:49.

Ushbu jamoalar ilk marta 1997 yili Qarshida o‘zaro bahs olib borishgan. Esingizda bo‘lsa, “Nasaf” jamoasi o‘z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o‘z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan edi.

 

Qarshidagi uchrashuvlar haqida

Jamoalar Qarshida o‘zaro 20 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 13 uchrashuvda “Nasaf”ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 55ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 36:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik jamoamiz tomonida.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan uchrashuv juda asabiy tarzda kechgan edi. Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qolgan bo‘lib, ikkinchi bo‘limda muxlislar to‘rtta golga guvoh bo‘lishgan. Dastlab Igor Golban jamoamizni hisobda oldinga olib o‘tgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Sherzod Hakimov hisobni tenglashtirgan. Uchrashuvning 74 va 84-daqiqalarida Dragan Cheran “Neftchi” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, jamoamiz g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan. Bu uchrashuvda  “Nasaf” 3:1 hisobida g‘alabaga erishgan edi.

Uchrashuv videosharhini quyida tomosha qiling. 

 

“Nasaf” jamoasi o‘z muxlislari oldida ilk marta “Neftchi” jamoasi ustidan 2000 yili tarixiy g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv 4:2 hisobida yakunlangan. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Rustam Abdullayev (26), Bahrom Haydarov (28), Zafar Xolmurodov (56), Murod Ismoilov (86)lar mualliflik qilishgan. “Neftchi” jamoasining ikki golini Akmal Xolmatov va Asad Do‘rmonovlar kiritishgan.

“Neftchi” jamoasi so‘nggi bor 2012 yili Qarshida g‘alabaga erishgan. Jamoalar Qarshidagi yagona va  so‘nggi 1:1 durang natijani, 2001 yili qayd etishgan.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “Nasaf” farg‘onaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. R.Berdiyev shu paytgacha jamoamizni milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi sakkiz marta maydonga olib tushgan, shu uchrashuvlarning oltitasida jamoamizning qo‘li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Bo‘lajak “Nasaf” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bu safar ham murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechishini shubha qilmasa ham bo‘ladi.

 

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

Mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga e’tibor qaratsak, jamoamiz o‘tgan 7 uchrashuvda 13 ochko jamg‘arib, 6-pog‘onani band etib turibdi. “Neftchi” jamoasi esa  6 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

“Nasaf” o‘tgan uchrashuvda raqibiga nisbatan kuchli o‘yin namoyish etib, durang natija qayd etdi. “Neftchi” jamoasi o‘tgan turda “Olmaliq” jamoasini qabul qildi va ular ham 1:1 hisobida durang natijaga erishgan.

 

“Nasaf” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tishini yana bir marta eslatib o‘tamiz. Uchrashuv soat soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 5 may juma kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 17:30da boshlanadi.

Barcha muxlislarimizni bo‘lajak uchrashuvlarga chorlab qolamiz!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:52, 03.05.2017.
O'qildi: 3871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.