Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Peres Ronalduga «400»talik futbolka topshirdi (foto)

Peres Ronalduga «400»talik futbolka topshirdi (foto)

Baho:
+2 | -

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichida bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinda 3ta gol urdi.

"Real" klubi rasmiy sayti portugaliyalik futbolchini "qaymoqranglilar" safida 400ta gol urgani bilan tabrikladi. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronalduga 400 raqami tushirilgan esdalik futbolkani sovg‘a qildi.

"Real" saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Ronaldu Ispaniya La ligasi doirasida 281ta, Chempionlar ligasida 88ta, Ispaniya kubogida 22ta, klublar o‘rtasidagi JCHda 4ta, UYEFA superkubogida 2ta va Ispaniya superkubogida 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ammo rasmiy statistika biroz boshqacha. "Atletiko" bilan o‘yindagi xet-trikdan keyin Krishtianu hisobida 399ta gol bor. Gap shundaki, 2010 yilda Ronaldu yo‘llagan jarima zarbasidan keyin to‘p Pepega tegib, "Real Sosyedad" darvozasidan o‘rin olgan. Bu gol rasman Pepe hisobiga yozilgan. Ammo "Real" bu golni Krishtianu Ronaldu urgan deb hisoblaydi.

Demak, rasmiy ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining "Madrid" safida urgan gollari soni hozircha 399ta.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 16:53, 03.05.2017.
O'qildi: 10808 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик