Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor Suyunov: "Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz"

Eldor Suyunov: "Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz"

Baho:
+ | -

Mamlakatimizdan turli davrlarda mahoratli darvozabonlar yetishib chiqishgan. Pavel Bugalo, Oleg Belyakov, Anvar Jab-borov, Ignatiy Nesterov... Ushbu ro‘yxatga «Nasaf» kiperi Eldor Suyunovni ham bemalol kiritish mumkin. Milliy termamiz a’zosi hisoblangan posbon bugungi kunda qarshiliklarning yetakchi vakiliga aylanib ulgurgan. Biz navbatdagi tur o‘yinlaridan so‘ng Suyunovni suhbatga tortib, turli mavzudagi savollarimizga javob oldik.

- Chempionatimizda kutilmagan natijalar yetarlicha qayd etildi. Bu holat shaxsan siz uchun «syurpriz» bo‘lyaptimi?

- Albatta, barcha qatori men uchun ham aksariyat o‘yinlarda qayd etilayotgan natijalar kutilmagan bo‘lyapti.

- Qaysi jamoalarni alohida ta’kidlagan bo‘lardingiz?

- Hech bir klubni alohida ko‘rsatmayman. Shaxsiy fikrimcha, barchasi taxminan 10-turdan so‘ng o‘z joyiga tushadi.

- «Paxtakor»ning o‘yini hamda qayd etayotgan natijalari haqida nima deya olasiz?

- Men «Nasaf» futbolchisiman. Shu sababli, boshqa jamoa to‘g‘risida gapirishdan o‘zimni tiyaman.

- «Paxtakor»ga chempionat boshlanishi oldidan «Nasaf» uchun asosiy raqiblardan biri sifatida qaralgandi. Shuni nazarda tutib so‘ragan edim.

- To‘g‘riku-ya, lekin biz hozir o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz lozim.

- Jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘ldingizmi?

- Shukrki, hammasi ortda qoldi, o‘zimni ancha tetik his qilyapman.

- Eldor, Qarshidagi «Markaziy» stadionda katta hajmdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Sizlarga uy o‘yinlarini G‘uzorda o‘tkazish qiyinchilik yoki noqulaylikni yuzaga keltirmayaptimi?

- Biz futbolchilarga buning unchalik ham ahamiyati yo‘q. Hech qanday qiyinchilik yoki noqulaylikni yuzaga keltirmayapti. Lekin muxlislarimizga ancha qiyin bo‘lmoqda. Qarshi shahridan bir necha kilometr yo‘l yurib, G‘u-zorga borish oson emas.

- Milliy terma jamoamiz JCH-2018 final bosqichiga chiqish uchun kurashni davom ettiryapti. Guruhda 3ta murakkab o‘yin qoldi. Vaziyatga real qarab, hozirgi holatimizga qanday baho berasiz?

- Imkoniyat bor ekan, undan maksimal darajada foydalanib qolish shart. Eng muhimi, hammasi o‘z qo‘limizda. Demak, oxirigacha kurashamiz.

- Suriya termasidan qabul qilingan mag‘lubiyatni hali esdan chiqarmagandirsiz?

- Darhaqiqat, yutqazish juda alam qildi. Hech bo‘lmasa, durang natija saqlanib qolinganida ham hozir Janubiy Koreya jamoasi bilan ochkomiz bir xil bo‘lardi.

- Navbatdagi o‘yindagi raqibimiz - Eron termasini nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:45, 05.05.2017.
O'qildi: 3347 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.