Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Mirjalol Qosimov: "Yoshlar intilishi uchun tajribali futbolchilar kerak"

Mirjalol Qosimov: "Yoshlar intilishi uchun tajribali futbolchilar kerak"

Baho:
+1 | -

“Bunyodkor”ning yangi bosh direktori Murod Aliyev va yangi bosh murabbiy Mirjalol Qosimov jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Jamoaning so‘nggi vaqtlarda qayd etayotgan natijasi sabab o‘zgarishlar bo‘ldi. “Bunyodkor” musobaqa jadvalida qaysi pog‘onada turganini bilasiz. Shu bois Mirjalol Qosimovni klubga qaytardik. Uning oldiga “Bunyodkor”ni yana avvalgi holatiga qaytarish vazifasi qo‘yildi.

Klub ajoyib stadionga ega. Ammo so‘nggi yillarda tomoshabinlarning unga tashrifi kamayib ketdi. Boshqa viloyatlarda — Samarqand yoki Namangandagi o‘yinlarda stadionlar to‘lib toshadi. Biz ham yaqin vaqt ichida tomoshabinlarni stadionga qaytarish borasida ish boshlaymiz» - dedi Murod Aliyev, “Bunyodkor” bosh direktori.

Mirjalol Qosimov bunga qadar ham “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan. Klub o‘zining eng yuqori natijalariga aynan Qosimov bilan erishgan.

«Jamoa menga begona emas, buni bilasiz. Sergey Lushchanga katta rahmat aytaman va hamkasbimga keyingi faoliyatida omad tilayman. Murabbiy qismati shunday. Ishonamanki, u akademiyada yaxshi ish olib boradi.

Futbolda g‘alaba ham, mag‘lubiyat ham bo‘lib turadi. Shunday og‘ir paytda jurnalistlardan yordam so‘rayman. Futbolchilar barchasini ko‘radi, o‘qiydi. Ularni qo‘llab-quvvatlab turish kerak.

Tarkibimizda ko‘p yoshlar bor, yaxshi futbolchilar bor. Ular bilan ishlaymiz. Ammo yoniga baribir tajribali futbolchilar kerak. Yoshlar kimgadir intilishi lozim. Davralar oralig‘ida transferlar amalga oshiramiz» - dedi Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Murod Aliyevning ma’lum qilishicha, Sergey Lushchanning keyingi taqdiriga uch kun ichida oydinlik kiritiladi. Aytilishicha, mutaxassisning klub bilan shartnomasi bor. Akademiyada katta o‘zgarishlar bo‘lishini inobatga olinib, unga qaysidir yosh toifasini berishlari ham mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:46, 05.05.2017.
O'qildi: 7341 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик