Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oliy liganing sakkiz turlik taassurotlari

Oliy liganing sakkiz turlik taassurotlari

Baho:
+ | -

Bundan olti yil muqaddam, u vaqtlarda hali «Nasaf»ni Anatoliy Demyanenko boshqarardi, ukrainalik murabbiy bilan suhbatda bo‘lgan edim. Tabiiyki, suhbat aylanib-aylanib, O‘zbekiston chempionatida borayotgan kurashga borib taqaldi. Mening savolim shunday bo‘ldi: «Nasaf» sizni bejizga chaqirmadi, o‘zingiz ham Ukrainadan ozgina pulga kelmagandirsiz? Demak, «Nasaf» ham nihoyat, oliy ligada g‘alaba uchun kurashsa kerak?»

Demyanenko bu savolga an’anaviy tarzda «Nasaf» faqat g‘alaba uchun kurashadi» yoki «Maqsadimiz - chempionlik» kabi balandparvoz gaplar bilan javob bermadi, balki gapning indallosini aytib qo‘ya qoldi. «O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozonish umuman imkonsiz ish. Bu yerda «Bunyodkor» va «Paxtakor»dan hech narsa ortmaydi. Oliy ligada g‘olib chiqqandan OFK kubogini qo‘lga kiritish ikki barobar osonroq. Biz vaziyatga real qaraymiz va qurbimiz yetadigan sovrin uchun kurashamiz», - degandi Demyanenko. Murabbiy bu ishni qay darajada uddalaganini hammamiz yaxshi bilamiz. Oliy ligada esa shundan buyon ko‘p narsalar o‘zgarib ketdi. Xususan, o‘sha «Bunyodkor» va «Paxtakor» borasida ham. Hozir bu klublar o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolishgan.

Garchi yurtimizda futbol birinchi raqamli sport turi hisoblansa-da, tan olish lozim, hamma ham millionlar o‘yiniga qiziqavermaydi. Qiziqadiganlarning aksariyati esa O‘zbekiston chempionatidan ko‘ra, Yevropa futbolini afzal biladilar. Ya’ni, yarmi «realchi» bo‘lsa, qolgani - «barsachi». Oliy liga haqida so‘z ochsangiz, ularning afti burishib ketadi. Qo‘shimchasiga: «Men o‘zbek futboliga umuman qiziqmayman», degan iddaoni qabul qilib olishingiz ehtimoli ham juda katta. Bir tomondan, ularni ham tushunish mumkin. Darhaqiqat, Yevropaning shiddatli va jozibali futboli turganda O‘zbekiston chempionatining sekinlashtirilgan kadrga mos o‘yinini tomosha qilish mantiqqa zid. Ammo shu bilan birga ta’kidlash joiz, yil o‘tgani sari oliy ligada ham vaziyat ancha o‘zgarib bormoqda. Endi ilgarigidek  chempion nomi 4-5 tur oldin ma’lum bo‘ladigan davrlar o‘tdi. O‘yinlar shiddati oshmoqda, avvalgidek favoritlardan qo‘r-qish va maydonga oldindan mag‘lubiyatni tan olib tushish deyarli barham topib bormoqda. Endi o‘zbek klublari ham futbol o‘ynashni o‘rganib olishgan.

So‘z - isboti bilan go‘zal. Shu o‘rinda oddiygina bir faktni keltirishga izn bersangiz - «Sho‘rtan»ning ishlari hozir uncha yurishmayapti, jamoa o‘tkazilgan 8 uchrashuvda 9 ochkogina jamg‘ardi. Ammo mana shu ochkolarning oltitasi qaysi o‘yinlarda qo‘lga kiritilganini bilasizmi? Bo‘lmasa eshiting, birida «Lokomotiv» (2:0), boshqasida «Paxtakor» (3:0) mag‘lubiyatga uchratilgan! Va bu uchrashuvlarda «Sho‘rtan» birorta ham gol o‘tkazib yubormagan. O‘sha Demyanenko O‘zbekiston chempionatida ishlab yurgan vaqtlarda shunday bo‘lishini tasavvur qila olarmidingiz?

Aytishlaricha, «Dinamo» oliy ligaga qaytgach, tarkibni kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilarni sotib olish uchun muassislardan mablag‘ so‘raganda rad javobini olgan ekan. Klubdan yosh futbolchilarni maydonga tushirish talab qilingan. Bunga nima sabab bo‘lganini biz bilmaymiz, balki homiy tashkilotlar pul berishdan charchagandir. Bu o‘rinda yodga faqat tog‘ bilan bog‘liq ikki naql keladi - «Ularning ham oltindan tog‘i yo‘q» yoxud «Yotib yeganga tog‘ ham chidamaydi». Xullas, «Dinamo» mavsum boshlanishi oldidan pulsiz qoldi va har yili klub almashtirib, ko‘tarma puli ishlab yuradigan «tajribali» futbolchilarni tarkibga jalb eta olmadi. Qiyinmi? Qiyin! Ammo kim o‘ylabdi deysiz, aynan shu narsa jamoaga bu qadar shuhrat keltirishini?!

Xuddi shu yoshlar mavsum boshida

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 00:28, 07.05.2017.
O'qildi: 2937 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.