Bu yil «Lokomotiv» chempion bo‘ladimi yoki «Qo‘qon-1912»? «Nasaf» yana «bronza»ni qo‘lga kiritadimi? «Paxtakor» va «Bunyodkor»da kuchli uchlikka kirish imkoniyati qay darajada? Oliy ligada tur o‘tgani sayin bu savollarga javob berish osonlashgandan ko‘ra, qiyinlashib bormoqda. Javob qancha qiyinlashgani sari muxlislar qiziqishi shunchalik oshyapti. O‘tgan hafta «Navbahor» Namanganda «Loko»ni qabul qildi, «Qo‘qon-1912» esa «Paxtakor»ni. Bu o‘yinlardan birini 16 mingdan ko‘p, ikkinchisini esa 10 ming ortiq muxlis bevosita voqea joyida kuzatdi. Shunga yarasha, kurash qizg‘in tus olib, har ikki bahsda durang natija qayd etildi.
Kuchlar teng
Ha, 9-tur duranglar og‘ushida o‘tdi. Musobaqaning o‘rtamiyona vakiliga aylangan «Bunyodkor» o‘z maydonida so‘nggi o‘rinda borayotgan «Metallurg»ni yengish uddasidan chiqolmadi - 1:1. E’tiborli tomoni, o‘yinda ikki tomon ham penaltini ko‘kka sovurdi. Yana bir fakt shuki, navbatdagi yo‘qotish sabab, «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan iste’foga chiqarildi.
Oliy ligadagi ikkinchi mavsumda-da qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan «Obod» esa «Qizilqum»ga qarshi maydonga tushdi va bu uchrashuv ham 1:1 hisobida yakuniga yetdi. 1 ochko «Obod»ni so‘nggi o‘ringa tushib ketishdan qutqargan bo‘lsa, «Qizilqum»ni yuqori o‘nlikdan «siqib» chiqardi. Umuman, navoiyliklar duranglar girdobidan sira qutulolmayaptilar - «Qizilqum»ning murosa seriyasi 4ta o‘yinga yetdi.
Musobaqa yetakchilari - «Navbahor» va «Lokomotiv» hamda «Qo‘qon-1912» va «Paxtakor» to‘qnashuvlarida ham tomonlar 1tadan ochko olib, yana birini sovurishdi (bu o‘yinlar sharhi oldingi sahifalarda alohida berilgan).
Mezbonlar mezbonligi
9-turda biror jamoa safarda g‘alabani tantana qilolmadi. Mavsum boshida ko‘p yo‘qotishlarga duch kelgan «Buxoro» yetakchilarni yengishi bilan nom qozongan «Sho‘rtan»ni qabul qilib, uni 2ta javobsiz gol bilan «siyladi». Ulug‘bek Baqoyev jamoasi shu tariqa 3 pog‘ona yuqorilab, o‘tgan mavsumgi joyi - 4-o‘ringa ko‘tarildi.
«Nasaf» esa «Neftchi»ni yengib, xuddi shunday ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. O‘xshashlikka qarang, Qarshida ham aynan 2:0 hisobi qayd etildi. «Nasaf»ning har ikki goli Bahrom Abdurahimov nomiga yozilganini ham aytish joiz.
Turning eng kutilmagan natijasini «So‘g‘diyona» qayd qildi. Davron Fayziyev shogirdlari joriy mavsum chakki ko‘rinmayotgan «Mash’al»ni yirik hisobda dog‘da qoldirishdi - 3:0. Aslida jizzaxliklar hisobni yana-da oshirishlari mumkin edi, ammo Sanjar Rashidov penaltidan foydalanolmadi.
Shuningdek, «Olmaliq» kuchli yomg‘ir ostida kechgan o‘yinda mavsum boshida hattoki, musobaqa jadvali yetakchisi nash’asi surib ko‘rgan «Dinamo»ni 2ta gol asnosida jazoladi.
Tur qahramoni -