Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Manchester Yunayted” uchun eng ideal hujumchi kim?

“Manchester Yunayted” uchun eng ideal hujumchi kim?

Baho:
+1 | -

Zlatanning jarohat olishi va uning amaldagi shartnomasi yakuniga yetishi bois “Manchester Yunayted” kelasi mavsum uchun o‘ziga mos va kerakli hujumchini qidirishni boshlab yuborgan.

Goal nashri klubning e’tiborida turgan bir qator hujumchilarni qiyoslab chiqdi. Biroq, qaysi futbolchi jamoa uchun ideal variant? Alvaro Morata, Kilian Mbappe, Antuan Grizmann, Andrea Belotti… Jamoaga kelishi mumkin bo‘lgan tanlovlar ko‘p. Ammo ularning ichidan eng yaxshisini tanlash kerak bo‘ladi. Ibrohimovichning uzoq muddatga jarohat olib safdan chiqishi, manchesterliklarning hujum chizig‘idagi variantlarni keskin kamaytirib yubordi. Oldingi chiziqda Runi, Marsyal va Reshfordlar bilan jamoa yuqori marralarga yetisha olmasligi aniq. Oxirgi ikki futbolchi esa asosan qanotlarda harakat qilishini hisobga olsak, jamoaga yangi hujumchiga judayam muhtoj. Demak, “qizil iblislar”ning hujumini kuchaytira oladiganlar quyidagicha ko‘rinish olgan.

Alvaro Morata (“Real Madrid”)

“Real”da asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashib kelayotgan zaxira o‘yinchisi mavsum davomida o‘zining imkoniyatlarini ko‘rsata oldi. Morataning eng muhim xislatlaridan biri bu albatta, qo‘shimcha daqiqalarning boshida yoki oxirida gol urib jamoasiga muhim ochkolarni ulashishidir. To‘pni ajoyib tarzda raqiblaridan olib qo‘yadigan Morata raqib himoyachilari uchun haqiqiy boshog‘rig‘i bo‘la oladi. O‘yinni o‘qiy olishi, bosh bilan ajoyib harakat qilishi va muhimi golni sezish qobiliyati tufayli, Morata Mourinyo uchun haqiqiy topilma bo‘lishi aniq. Ispan matbuotiga ko‘ra, Moratani o‘z tarkibida ko‘rishni xohlaganlar 70 million yevroni to‘lab qo‘yishlari kerak. Hozircha, La Ligada 24 o‘yinda 15 gol, Chempionlar Ligasida 7 uchrashuvda 3 gol urgan Morata “Manchester Yunayted”ga asqotishi kafolatlangan.

Romelu Lukaku (“Everton”)

“Tumanli Albion”dagi ilk qadamini “Chelsi »da boshlagan « yangi Drogba » ham Mourinyoning ro‘yxatidan joy olgan. Jismonan kuchli bo‘lgan belgiyalik hujumchi har hafta “Evyerton” safida raqib himoyachilariga muammo tug‘idirib kelmoqda. 35 uchrashuvda 24 gol urgan Lukakuga yangi jamoasida moslashib olish uchun vaqt kerak emas va Angliya futbol havosidan boxabar Lukaku unga sarflangan pullarni darhol oqlashga kirishib ketishi aniq. Uning transfer narxi “Everton” rahbariyati tomonidan 118 million yevro deya baholangan. Agarda bu ma’lumot aniq bo‘lsa, Lukakuning “Manchester Yunayted”ga bu yoz ko‘chib o‘tishi keyinga qoldirilishi mumkin.

Kilian Mbappe (“Monako”)

Yosh bolakay Mbappe “Manchester Yunayted”ning buguni bo‘lmasligi mumkin, biroq kelajagi bo‘lishi aniq. Futboldagi qadamlarini endigina tashlagan Mbappe haqiqiy topilmaning o‘zi. 1 Ligada debyut qilganida 17 yoshga to‘lmagan ham edi. Ilk xet-trikini (11 fevral “Mets”ga qarshi) va Chempionlar Ligasidagi debyutini (“Manchester Siti”) urganida 18 ga ham to‘lmagandi. Biroq, « Monako » rahbariyati uni qo‘yib yubormoqchi emas. Futbolchining o‘zi xohlasa, jamoa undan katta mablag‘lar evaziga xayrlashishi mumkin. Hozirda uni Terri Anriga qiyoslashmoqda. « To‘pchilar »ning bosh murabbiyi Arsen Venger esa Mbappe haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi : « Undagi aldamchi harakatlar, yakunlovchi qismdagi ayyorliklarning barchasi menga yosh Terri Anrini eslatmoqda. » Qisqasi, Mbappe Premyer Ligada porlashi uchun barcha xislatlarga ega.

Antuan Grizmann (« Atletiko »)

« El Cholo » qo‘l ostida qattiq tartibni va boshqa kerakli xislatlarni o‘rgangan Grizmann Mourinyoga qo‘l kelishi mumkin. 26 yoshli Antuan hozirda o‘zining eng yuqori cho‘qqisida turibdi va “Manchester Yunayted” bilan yangi davrni boshlashga shay. Taktik jihatdan, Drogba yoki Zlatan kabi hujumchilarni qadrlaydigan “O‘zgacha”ning o‘yin uslubida Antuanni tasavvur qilish qiyin. Biroq, o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 32 gol urgan fransiyalik hujumchi jamoaga katta yordam bera oladi. The Independent nashriga ko‘ra, ingliz klubi uning transferini amalga oshirish uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyor. Grizmann so‘nggi uch mavsumda o‘rtacha 27 gol urmoqda. Uning samaradorligi yuqori marralar uchun kurashishda kerak bo‘ladi. Boz ustiga, do‘sti Pol Pogbaning ham borligi uning jamoaga moslashishini tezlashtirishi aniq. Uning hujumning istalgan nuqtasida o‘ynay olishi universalligidan darak beradi va “Manchester Yunayted” uchun haqiqiy yetakchilardan biriga aylanishini ta’minlaydi.

Andrea Belotti (“Torino”)

Belotti yetakchi hujumchilardan bo‘lmasligi mumkin, lekin bu mavsumda bu maqomga ham yaqin qolganini isbotlamoqda. 2016 yil dekabrida “Torino” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirgan Andreaning bahosi 100 million yevroga oshirildi. Bu haqida futbolchi kamtarona javob berdi. “100 million yevro turamanmi? Tabiiyki, yo‘q. Bugungi transfer bozorida raqamlar bo‘rttirilib ko‘rsatilmoqda. » A seriyada 32 uchrashuvda 25 gol urgan Belottini Janluka Vialli yoki Kristian Viyeriga qiyoslashmoqda. Golni sezishi, havodagi kurashlarda hokimligi, tezligi uning kumiri Shevchenkoga o‘xshaydi. Ochiqchasi, uning uslubi Premyer Ligaga mos emas.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 01:59, 13.05.2017.
O'qildi: 11293 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.