Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Rishtonda Davlat Turdialiyev xotira turniri o‘tkazildi

Rishtonda Davlat Turdialiyev xotira turniri o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Farg‘ona viloyati Rishton tumanida marhum sport sharhlovchisi Davlat Turdialiyev xotirasiga bag‘ishlangan faxriylar o‘rtasida mini-futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Rishton tumanida yashovchi futbol fidoyilari Shokirjon Qodirov va O‘rinboy Yusupov tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur turnirda Namangan viloyati va Rishton tumanidan tashkil topgan oltita farxiylar jamoasi ishtirok etishdi.

Musobaqa ochilish marosimida “Nuroniy” jamg‘armasining Rishton tumani bo‘limi raisi Inomjon Obidov va Davlat Turdialiyevning yaqinlari ham qatnashishdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlarning barchasi marhum Davlat Turdialiyevni yodga olishib, u kishi haqida iliq fikrlarni bildirishdi.

– Davlat Turdialiyevdan ayrilganimizga ham yaqinda uch yil bo‘ladi. U kishini xotirlab bu yerga jamlangan barchadan minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Kezi kelganda, shuni aytishim joizki, bu turnir har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi, dedi Shokirjon Qodirov.

Ochilish marosimida shuningdek, Xolmatjon Turdialiyev, O‘rinboy Yusupov va Mamadali Mo‘minovlar ham so‘zga chiqishdi.

Shundan so‘ng, uchrashuvlar boshlanib ketdi. Birinchi yarim finalda Namangan viloyatining ikki jamoasi – “Xotira-79” (Uychi tumani) va “Nuroniy” (YAngiqurg‘on tumani) maydonga tushishdi. O‘yinda yaqqol ustunlikka erishgan “Xotira-79” faxriylari raqiblarini 6:1 hisobida dog‘da qoldirishdi.

Ikkinchi finalchi nomi – Namanganning  “Navqiron” va Rishton tumanining “Oq oltin” jamoalari o‘yinida aniqlandi. Uchrashuvni kutarinki ruhda o‘tkazgan “Navqiron” jamoasi vakillari 4:3 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Hal qiluvchi bahsda “Navqiron” va “Xotira-79” jamoalari to‘qnash kelishdi. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik bilan tashrif buyurgan “Navqiron” jamoasi vakillari 4:2 hisobida g‘alabaga erishishdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda “Oq oltin” va “Nuroniy” jamoalari maydonga tushishdi. Uchrashuvda “Oq oltin” faxriylari 3:2 hisobida zafar quchishdi.
Musobaqa yakuniga yetgach, g‘oliblarni Shokirjon Qodirov va Davlat Turdialiyevning akasi Xolmatjon Turdialiyevlar taqdirlashdi.

Faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu turnir barchada birdek yoqimli taassurot qoldirganini ham ta’kidlash joiz.

Salohiddin Xolmatov  va Mamadali Mo‘minovlar turnirning eng yaxshi o‘yinchilari sifatida tan olindi. Shuningdek, No‘’monjon Ikromov ham muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi.



Aytgancha, yana bir xabarni aytib o‘tish joiz, shu yilning avgust va sentyabr oylarida Namangan viloyatida 60 yoshdan oshgan havaskor faxriy futbolchilar o‘rtasida “Oltin Vodiy” turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda qantnashish istagida bo‘lgan Farg‘ona vodiysi faxriylari quyidagi telefon raqamiga murojaat etishlari mumkin:+998943006339

Abror Dehqonov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:41, 13.05.2017.
O'qildi: 3867 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.