Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Oliy liga: «Lokomotiv» yana chempion bo‘ladiganga o‘hshamoqda

Oliy liga: «Lokomotiv» yana chempion bo‘ladiganga o‘hshamoqda

Baho:
+ | -

Oliy liga-2017ning uchdan bir qismi ortda qoldi. 10ta tur taassurotlariga tayanib aytsak, aftidan, «Lokomotiv» yana chempion bo‘ladigan ko‘rinadi. Hozirdan shunday fikr yuritishimiz sababi shuki, g‘oliblikka da’vogar sifatida tilga olingan klublardan birgina «Loko» dadilroq o‘ynab, ishonch bilan karvonboshilik qilmoqda. Qolaversa, o‘tgan hafta kuchli uchlikda borayotgan jamoalar ichida ham faqat amaldagi chempiongina 3 ochko oldi. Umuman, 10-tur doirasidagi 8ta o‘yindan 3tasida durang qayd etildi va 5tasi mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Aytgancha, avvalgi turda ham mehmonda o‘ynagan klublardan hech biriga ortga 3 ochko bilan qaytish nasib etmagandi.

KUCHLAR TENG...

Tafsiloti avvalgi sahifada alohida yoritilgan «Navbahor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini bir necha jihatlarga ko‘ra, prinsipial ahamiyat kasb etdi: «vodiy derbisi», «anshlag», turnir jadvali holati va hokazo. Qo‘qonliklarning so‘nggi daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirishganini inobatga olsak, o‘yinning qay darajada dramatik tus olganini tasavvur qilish qiyin emas.

Shuningdek,  «Dinamo» va «Nasaf» o‘rtasidagi uchrashuvda ham yuqori «harorat» sezilib turdi. To‘g‘ri, qarshiliklar ko‘proq hujum uyushtirishdi, ammo yakunda Samarqanddan 1 ochko bilan qaytishlariga to‘g‘ri keldi. Oddiy aytganda, Oleg Tyulkinning shijoatli jamoasi hamon startdagi inersiyasini yo‘qotgani yo‘q. Ha. samarqandliklar 4ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonishmayapti, ammo «Nasaf»dek raqibdan olingan 1 ochko ham debyutant uchun qimmatli sanalsa kerak.

«Mash’al» - Olmaliq» o‘yini natijasi ham, ko‘rsatilgan futbol sifati ham har ikki jamoa murabbiyi­ni birdek qoniqtirmadi. Axir hisob ochilmagach, xavfli vaziyatlar kam kuzatilgach, bosh­qacha bo‘lmaydi-da. Boz ustiga, Aleksandr Xomyakov shogirdlari penaltini ham ko‘kka sovurishdi.

CHEMPIONLIK SARI

«Qizilqum» etakchilarga yetarli qarshilik ko‘rsatadigan jamoalar sirasiga kiradi. Masalan, navoiyliklar joriy mavsum Toshkentda «Bunyodkor»ni mag‘lubiyatga uchratishdan tashqari, «Nasaf»dan ochko tortib olishdi. Ammo «Lokomo­tiv»ga kelganda, jamoaning toqati bir bo‘limga yetdi, xolos. Chunonchi, «temiryo‘lchilar» tanaffusdan keyin birin-ketin 2ta gol urib, 3 ochkoni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. «Loko»ga 67-daqiqada belgilangan penalti ham yordam berdi, albatta. Ya’ni Marat Bikmayev 11 metrlik belgidan aniq zarba yo‘llash asnosida golli seriyasini 5ta o‘yinga yetkazgach, Jaloliddin Masharipov ishni oxiriga yetkazib qo‘ya qoldi. Eh, 56-daqiqada Ilhom Yunusov ham penaltidan foydalanganidami, «Qizilqum»  balki bu safar ham «sensasiya» ko‘rsatarmidi...?

O‘ZIGA KELAYOTGAN  «PAXTAKOR»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:02, 16.05.2017.
O'qildi: 3756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.