Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronalduning bu natijalarini hech kim takrorlay olmagan, hatto Messi ham

Ronalduning bu natijalarini hech kim takrorlay olmagan, hatto Messi ham

Baho:
+2 | -1

Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yinlaridan keyin bir qator rekord natijalar qayd etildi. Ana shunday rekordlarning aksariyati Krishtianu Ronalduga tegishlidir. Madridning «Real» klubi hujumchisi uchta o‘yinda sakkizta to‘p kiritib, chet el matbuotining e’tiborini o‘ziga qaratdi. Chet el nashrlari esa futbolchining rekordlarini birin-ketin yoza boshlashdi. Biz ham bugungi sahifamizda portugaliyalik futbolchi tomonidan shu vaqtga qadar o‘rnatilgan rekord natijalarni e’tiboringizga havola etamiz.

* * *

Portugaliyalik futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finallari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Ronaldu Chempionlar ligasi yarim finallarida raqiblar darvozalarini 13 marta ishg‘ol etgan. Bu borada futbolchi shu vaqtga qadar yetakchilik qilgan afsonaviy o‘yinchi Alfredo Di Stefanoni (11 ta gol) ortda qoldirdi.

* * *

Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida 50 ta gol muallifiga aylangan birinchi futbolchi hisoblanadi. Ayni damda Ronalduning bu boradagi ko‘rsatkichi 52 taga yetgan.

* * *

«Real» yetakchisi Chempionlar ligasining ketma-ket ikki o‘yinida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi sifatida tarix sahifalaridan joy egalladi. Ronalduyevrokuboklarda gol urish bo‘yicha o‘z rekordini ham yangilashga ulgurdi.

* * *

Krishtianu yevrokuboklarda 100 ta gol urib, millionlar tarixida bunday natija ko‘rsatgan birinchi o‘yinchiga aylandi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayni damda Ronalduning yevrokuboklardagi gollari 106 taga yetgan.

* * *

Ronaldu «Santyago Bernabeu» tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatining birinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi va bu borada «qirollik klubi»ning afsonaviy o‘yinchisi Alfredo Di Stefanoni ortda qoldirishga erishdi. Di Stefanoning hisobida 210 ta gol bor.

* * *

Ayni damda Krishtianuning «Real»dagi gollari soni 402 taga yetdi. Futbolchi gollarning 282 tasini Ispaniya milliy chempionati doirasida, 89 tasini yevrokuboklarda, 22 tasini Ispaniya kubogida, 9 tasini esa boshqa turnirlarda kiritgan.

* * *

Ronaldu to‘purarlik bo‘yicha «Real»ning rekordchisi hisoblanadi. Krishtianu bu borada Madrid jamoasining yana bir afsonasi — Rauldan (323 ta gol) o‘zib ketgan.

* * *

Krishtianuning yana bir natijasi tahsinga sazovor. Ronaldu Ispaniya chempionatida 7 yil ketma-ket 30 tadan ko‘p gol urgan birinchi futbolchi hisoblanadi.

* * *

Bundan tashqari, Ronaldu Ispaniya chempionatining barcha turnirlarida ketma-ket 6 yil kamida 50 ta gol kiritgan dastlabki futbolchi, nomini ham qo‘lga kiritgan.

* * *

Ronaldu bir yilda (2016 yilda) Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa chempionati, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan hamda «Oltin to‘p» sohibiga aylangan birinchi futbolchidir. Uning bu natijasini hech bir futbolchi takrorlay olmagan.

* * *

Portugaliyalik charm to‘p ustasi homiy tashkiloti bilan umrining oxirigacha shartnoma imzolagan birinchi o‘yinchidir. Futbolchining homiysi — «Nike» kompaniyasi futbolchiga yiliga 24 million dollar to‘laydi.

* * *

«Real» hujumchisi ijtimoiy tarmoqlarda 200 million nafar o‘quvchisiga ega bo‘lgan birinchi futbolchidir.

* * *

U Chempionlar ligasining bir mavsumida gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi, Ronaldu 2013/2014 yilgi mavsumda ECHLda 17 ta gol urgan.

* * *

Ronaldu Yevropaning top-6 chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. Futbolchi shu vaqtga qadar 367 ta gol kiritgan. Krishtianu bu borada Jimmi Grivz (366) va Gerd Myullerdan (365) o‘zib ketgan.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 11:50, 17.05.2017.
O'qildi: 37942 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.