Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Intervyu. Kevin Gameyro: «Barselona»da menga nima bor?»

Intervyu. Kevin Gameyro: «Barselona»da menga nima bor?»

Baho:
+ | -

«Atletiko»ning fran-siyalik forvardi Kevin Gameyro L`Equipe nashriga bergan intervyusida nega aynan Madrid klubiga ko‘chib o‘tgani, Zlatan Ibragimovich undan nima so‘ragani va Unai Emeri bilan qanday suhbatlashish lozimligi haqida so‘z yuritdi.

- 2013 yili Ispaniyaga kelganingizdan so‘ng o‘yiningizda qanday o‘zgarish kuzatildi?

- Joyimni to‘g‘ri o‘zgartira boshladim, zarur paytda to‘xtashni o‘rgandim. Yoshlik paytingda u yoq-bu yoqqa shoshib, hamma yerga ulgurishni xohlaysan. Endilikda qachon va qayerda to‘pni so‘rash lozimligini bilaman.

- Dastlabki ispaniyalik murabbiyingiz Unai Emeridan nima o‘rgandingiz?

- U individual tarzda ko‘proq ishlashimni so‘radi. Avvallari mehnatkash futbolchi emasdim.

- Samarali uzatmalaringiz soni ko‘paydi...

- Fransiyada asosiy e’tiborim darvozani ishg‘ol qilishga qaratilardi. Ispaniyada esa ko‘pincha hujum tashkil etilishida ham qatnashyapman.

- Darvoza tomon yo‘llanayotgan zarbalaringiz esa kamaydi.

- Buning uchun ko‘p tanqidlarga uchrayapman. Ammo men shunaqaman, qulayroq vaziyatda turgan sherigimga to‘p uzatishni ma’qul ko‘raman.

- «Atletiko»da himoyaga ham yordam berishingiz kerak, shundaymi?

- Ha, buning natijasida hujumga qo‘shilishga kuch qolmaydi. Me’yorni qidiramiz - «Atletiko»da asosiysi, yugurish, mehnat qilish kerak. Shundagina gollar ham, o‘yindan rohatlanish ham bo‘ladi.

- Himoya chizig‘idagi harakatlardan ham huzur olasizmi?

- Yo‘q, mening ishim - hujum qilish!

- Antuan Grizmann mudofaaga ko‘maklashayotganda xuddi gol urgandek rohatlanishini aytgandi.

- Yo‘q, bunaqasi menga yot! Bir safar murabbiy «Sening vazifang - kamida raqibdan uch marta to‘pni olib qo‘yish», degandi. Men esa shunga o‘rgandim.

- Diyego Simeonedan bunday gapni eshitib hayron qolgandirsiz?

- Shunday desa ham bo‘ladi, axir men hujumchiman. Ammo boshqa iloj yo‘q, bu mutaxassis o‘z aytganini qilib, o‘yinchilarni ruhlantirishni biladi.

- Undan nima o‘rgandingiz?

- Himoyada o‘ynashga ko‘nikdim, quvvat oldim, futbolga mehrim oshdi. Simeone hamisha zafar quchishni istaydi.

- U o‘yindan oldin qanday holatda bo‘ladi?

- Ancha xotirjam. Futbolchilarga qisqa nutq so‘zlaydi, o‘yin paytida esa bir zum tinmaydi.

- «PSJ»da Zlatan Ibragimovich bilan o‘ynagansiz. U qanday sherik?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:19, 19.05.2017.
O'qildi: 5220 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.