Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun xalqaro turnir o‘tkaziladi: Yutuq – 25 ming dollar

Kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun xalqaro turnir o‘tkaziladi: Yutuq – 25 ming dollar

Baho:
+ | -

Joriy yilning 26-29 may kunlari Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Termiz shahri mezbonlik qiladigan kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XIII xalqaro turnirning nufuzi jahonaro keng e’tirof etilmoqda. Qator davlatlar polvonlari mazkur turnirda qatnashishga katta qiziqish bildirmoqda. Kurash xalqaro assosiasiyasidan ma’lum qilishicha, 1993 yildan buyon har ikki yilda o‘tkazilayotgan turnirda o‘tgan davr mobaynida dunyoning eng nomdor polvonlari kuch sinashgan.
 
Bu yilgi musobaqada 50 davlatdan 150 dan ziyod sportchi va mehmon ishtirok etishi kutilyapti. Turnir 73, 90 kilogramm va mutlaq vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Turnirning mukofot jamg‘armasi 56 ming dollar bo‘lib, mutlaq vaznda g‘olib bo‘lgan polvon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 25 000 dollarga sazovor bo‘ladi. Ikkinchi o‘rin sohibi 10 000 dollar, ikkita uchinchi o‘rin sohiblari 5000 dollardan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Qolgan vazn toifasidagi g‘olib va sovrindorlarga ham yirik pul mukofotlari ta’sis etilgan.
 
Bugun dunyoning 130 ga yaqin davlatida kurash keng ommalashmoqda. Kurash bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir. Bu musobaqalarda dunyoning barcha qit’asidan polvonlar o‘zbekona kamtarlik va mardonavorlik bilan ta’zim qilib, gilamga chiqmoqda, davra aylanib, kurash tushmoqda.
 
Kurash xalqaro assosiasiyasi, Osiyo, Yevropa, Panamerika, Afrika va Okeaniya kurash konfederasiyalari tomonidan kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish, uni kelajakda yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
 
2007-2008 yillarda Makao va Vyetnamda o‘tgan II va III yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida, 2009 yili Tailandda jangovar yakkakurashlar bo‘yicha I Osiyo o‘yinlarida, 2013 yili Janubiy Koreyada yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha IV Osiyo o‘yinlarida, 2014 yili Tailandda va 2016 yili Vyetnamda tashkil etilgan Osiyo sohil o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
 
Ma’lumot uchun, 2015 yilning sentyabr oyida Osiyo olimpiya kengashining Ashxobod shahrida o‘tkazilgan navbatdagi Bosh assambleyasida kurash 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi. 

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 21:31, 22.05.2017.
O'qildi: 7338 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.