Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Yelichich, Jeparov va Kapadze murabbiylik kursida o‘qimoqda

Yelichich, Jeparov va Kapadze murabbiylik kursida o‘qimoqda

Baho:
+ | -

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubining avstraliyalik murabbiyi Mirko Yelichich murabbiylarning "B" lisenziyasi uchun o‘qishni boshladi.

Toshkentda o‘tayotgan o‘quv kurslariga Islom Ahmedov boshchilik qilayotgani O‘FFning Twitter’dagi sahifasida aks etgan. Qiziq tomoni shundaki, "B" lisenziyasi uchun Mirko Yelichichning shogirdlari hisoblangan Server Jeparov hamda Timur Kapadze ham bir vaqtda tahsil olmoqda. 

Ma’lumot uchun, bolalarga ustozlik qilish uchun murabbiylar avvaliga "C" lisenziyasi uchun tahsil oladi. Keyingi pog‘ona "B", undan keyingisi esa "A" lisenziyasi.

Oliy liga klublariga ustozlik qilish uchun murabbiylarda faqatgina "Pro" lisenziyasi bo‘lishi shart. Mirko Yelichichda bunday lisenziya yo‘q, shuning uchun ham u «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi hisoblanmaydi. Bu vazifa Andrey Miklyayevga tegishli. 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:28, 23.05.2017.
O'qildi: 4806 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик