Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marca: Messi – La ligi-2016/17ning eng yaxshi futbolchisi

Marca: Messi – La ligi-2016/17ning eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+2 | -

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati yakuni bo‘yicha dastlabki individual sovrinlarni qo‘lga kiritishni boshladi.

"Marca" nashri o‘z o‘quvchilari o‘rtasidagi so‘rovnoma o‘tkazib, Ispaniya La ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Unga ko‘ra, Messi 42 foiz ovoz to‘pladi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Argentinalik futbolchi o‘zidan keyingi pog‘onani band etgan Krishtianu Ronaldu (29%) va Isko (17%)ni ancha ortda qoldirdi.



Eslatib o‘tamiz, Messi La liganing ushbu mavsumida 37ta gol bilan chempionat to‘purariga aylandi hamda amalda "Oltin butsa"ni o‘ziniki qilib qo‘ydi. Ronaldu esa 25ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 02:22, 25.05.2017.
O'qildi: 9937 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик