Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Internasonal to‘plam yoxud yangilanayotgan «Inter»ning tarkibi kimlar hisobiga kuchayadi?

Internasonal to‘plam yoxud yangilanayotgan «Inter»ning tarkibi kimlar hisobiga kuchayadi?

Baho:
+ | -

Agarda oxirgi gap-so‘zlar va turli-tuman xabarlarning yarmi haqiqatga aylansa ham, xitoyliklar ixtiyoriga o‘tgan Milanning «Inter» jamoasi yangi mavsumda mutlaqo boshqacha qiyofaga kirishi mumkin. Umuman, joriy mavsum ham hech qanday karomat ko‘rsatolmagan klub tarkibiga bog‘liq o‘zgarishlar shamoli allaqachon chegaradan «oshib» ketdi. Football.ua sayti ayni shu jihatga e’tibor qaratib, aprel oyidan buyon bo‘lajak «neradzurra» sifatida e’tirof etilgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Italiyada yozgi transferlar bozori ochilishiga 2 oydan kamroq vaqt bor, biroq bu yirik va mayda OAVda «Inter»ga bog‘liq transfer rejalari haqida tinimsiz xabar tarqalishiga xalaqit berayotgani yo‘q. Harqalay, deyarli har kuni xitoylik xo‘jayinlar sarmoyasi bilan dalillashgan klubning qaysidir futbolchiga qiziqayotgani|u bilan muzokara boshlayotgani|shartnoma masalasida kelishib qo‘ygani xususida yangilik urchimoqda. Deylik, aprel boshidan bugungi kunga qadar OAVda «Inter» safiga qo‘shilishga nomzod 44 nafar kishi tilga olindi. Ulardan 6 nafari murabbiy va 38 nafari futbolchi. Shuncha o‘yinchi bir necha tarkibga yetishini aytish shartmikan? Bu o‘yinchilar bilan kattagina xayriya tadbiri doirasida ko‘rgazmali uchrashuv tashkillashtirish imkoni mavjud. Tasavvur qi-ling, agar shunday bo‘lsa, raqib jamoalar tarkibi qanday ko‘rinish hosil qiladi? Demak, bu borada ozgina taxminga erk berib, «Inter» qiziqqan va qizaqayotgan futbolchilardan 2ta jamoa tuzib chiqamiz. Ularga Antonio Konte hamda Diyego Simeoneni bosh murabbiy sifatida «tayinlash» ma’qul. Zero, aynan shu ikki mutaxassisni «neradzurralar»ning yangi bosh murabbiyi sifatida ko‘proq tilga olishmoqda.

Diyego Simeone boshqaruvidagi «Inter» (4-4-2): Yan Oblak - Matteo Darmian, Yaroslav Rakiskiy, Viktor Lindelef, Ben Chilvell - Xames Rodriges, Fabinyo, Korenten Tolisso, Arda Turon - Kilian Mbappe, Patrik Shik.

Antonio Konte boshqaruvidagi «Inter» (3-4-3): Janluiji Donnarumma - Franchesko Acherbi, Kostas Manolas, Tobi Alderveyreld - Kayl Uoker, Kevin Strotman, Gjegoj Krixovyak, Alberto Moreno - Xuan Mata, Dris Mertens — Aleksis Sanches.

Tasavvurni yanada kengaytirib, «Inter» e’tiboriga tushishi ehtimoli bor futbolchilardan ham yaxlit tarkib shakllantirish mumkin. Xususan, Football.ua ham «Inter» haqidagi gap-so‘zlardan kelib chiqib, jamoaning bo‘lajak tarkibi bo‘yicha o‘z taxminini ilgari surdi: Keylor Navas — Bakari Sanya, Pepe, Virjil van Deyk, Benjamen Mendi - Nabi Keyta, Nemanya Matich, Bernardu Silva - Antuan Grizmann, Mesut Ozil — Pyer-Emerik Obameyang. Murabbiy - Tomas Tuxel. To‘g‘ri, bunaqasi haqiqatdan ancha yiroq, ammo xitoyliklar mablag‘ni qiyishmasa, jamoa tarkibi yanada vajohatli ko‘rinish olishi hech gap emas. Xo‘sh, siz qanday fikrdasiz, «Inter» yozda kimlarni xarid qilishi kerak?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:18, 25.05.2017.
O'qildi: 6772 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.